Respublikaning turli hududlaridan hokimiyat tomonidan fermerlarga qaraşli yerlar olib qöyilişi masalasida tahririyatga murojaatlar kelişi davom etmoqda. Bu safargi murojaat Xorazm viloyati Qöşköpir tumanida istiqomat qiluvçi fermer oilasidan kelib tuşdi.

Fermer Rasul Xudoyberganovning aytişiça, Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 9 yanvarida «Fermer xöjaliklari va boşqa qişloq xöjaligi korxonalari yer maydonlarini maqbullaştiriş hamda qişloq xöjaligi ekin yerlaridan samarali foydalanişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori asosida ularning yerlari 100 gektar qilib qayta taşkil etilgan. Şundan 50 gektariga ğalla, 8 gektariga paxta ekilgan va qolgan qismi boşqa fermerçilik tarmoqlari uçun foydalanilmoqda. Tuman hokimi Jörabek Rahimov fermerning paxta ekilgan dala qismiga öz e'tirozini bildirib, «yaxşi parvarişlanmagan» deya u bilan tuzilgan şartnomani bekor qiliş böyiça sudga bergan.

«Hokim heç qanday sud qarorisiz bizni öz yerimizga kiritmay qöydi. Şu sababli bir neça taşkilotlarga murojaat qilişga majbur böldik. Hokim e'tiroz bildirayotgan dalalar qaror asosida bu yil, endigina bizga qöşib berildi. Yerni yaxşilab örganişimga heç bölmasa, bir yil kerak böladi. Hokim bölsa, yerga e'tibor bermagansan, deb bizni sudga berdi.

4 iyul kuni bu iş böyiça sud majlisi bölib ötdi. Qonun böyiça hokimiyat avvaliga ogohlantiriş berişi, kamçiliklarni töğrilaşimiz uçun vaqt berişi kerak ekan. Ular bu talablarni bajarmagandi. Şuning uçun sud da'vo arizasini qanoatlantirmadi.

Hokim qabuliga kirsam «Sen fermerlik qila olmaysan. Sening faoliyatingni tugatamiz», dedi. 1999 yildan beri oilamiz fermerlik bilan şuğullanib keladi. Ötgan yili suv muammosi bölib ozgina qiynaldik, lekin el qatori rejani 80 foizga bajardik. Undan avvalgi yillar rejalarni ortiqça qilib topşirganman. Barça texnikalarim mavjud. Tuman hokimi ğalla rejasini ham töldira olmaydi dedi. Lekin ortiqçasi bilan bajardim. Özimga ham qoldi», - dedi Rasul Xudoyberganov.

Şundan söng, ikkinçi tarafdan izoh oliş maqsadida tuman hokimi Jörabek Rahimov bilan suhbatlaşdik. Uning sözlariga köra, fermerlar agrotexnika qoidalarini qöpol ravişda buzgani sababli tuman qişloq xöjaligi bölimi salbiy xulosa bergan. Tuman yer resurslari va davlat kadastri ham paxta yetiştiriş, ğöza tarbiyasi masalasida hokimga tegişli taqdimnoma kiritgan. Şular asosida yer ijara şartnomasini bekor qiliş uçun fermer sudga berilgan. Lekin sud da'vo arizasini körib çiqib, uni qanoatlantirişdan rad etgan. Endilikda fermer faoliyatini davom ettirişi mumkin.