Xöş, bu tizim qanday işlaydi va fermerlar uçun qançalik qulay? Kun.uz mavzu yuzasidan Toşkent viloyati hokimligi huzuridagi Ijaraga berilgan yerlarga xizmat körsatiş direksiyasi rahbari Oqilbek Mustafoyev bilan suhbatlaşdi.
— 68-sonli farmondagi eng asosiy jihat – paxta-ğalla yönalişidagi fermerlar yerining 50 foiziga nisbatan ijara huquqidan ixtiyoriy voz keçsa, qolgan yerining ijara huquqini “erkin ekiş” turiga özgartirişlari mumkin. Bu nimani anglatadi?
— Bu farmon qişloq xöjaligi bilan şuğullanayotgan tadbirkorlarga, fermerlarga özi xohlagan ekin turini ekişi, özi erkin şartnomaviy munosabatga kirişining huquqiy asosini yaratib berdi.
Ötgan yilgi 3 fevraldagi farmonda 20 foizini fermerning özining ixtiyoriga qoldiriş, ya’ni yerning normativ qiymati 50 foizini tölagan holda qoldiriş şarti belgilangan edi. 68-sonli farmon bilan bu 50 foizga kötarildi. Ya’ni 50 foizini öz ixtiyori bilan topşiradi, qolgan 50 foizini normativ qiymatining yarmini davlatga tölagandan keyin, unga öziga yana qaytadan 49 yilga rasmiylaştirib beriladi.
Ötgan bir yil davomida, 18-sonli farmon qabul qilingandan keyin, yerga bölgan munosabat özgardi. Fermerga qöyiladigan reja, uni nimadir ektirişga majburlaş yoki boşqa narsalardan voz keçildi. Bugungi kunda yerni uşbu farmon asosida E-auksion orqali sotib olgan yoki öz yerining bir qismidan voz keçgan tadbirkorlar bugungi kunda yerga resurs sifatida, undan foydalaniş imkoniyatini kengligi nuqtayi nazaridan qarayapti.
Yangi tartibda tadbirkor özi xohlagan eksportbop, bozorda talab bor mahsulotni yetiştirib, köpaytirişiga asosiy e’tibor berilgan. Buning natijasida katta investitsiya kiryapti qişloq xöjaligiga, yangi iş örinlari yaratilyapti. Va odamlarning dunyoqaraşi bugun özgaryapti desam, mubolağa bölmaydi.
— Endi paxta va ğalla yetiştiruvçi fermerlar yerining yarmini topşirsa, qolgan yarmiga davlat rejasi asosida paxta yo ğalla ekişi majburiy emas, töğrimi?
— Şunday. Heç qanaqa reja qöyilmaydi. Faqat ularga asosiy qöyilgan talab – yerning bonitetini tuşirib yubormaslik, yerdan tölaqonli foydalaniş.











