Angliya milliy jamoasi himoyaçisi Harri Maguayr «Mançester Yunayted» a'zosiga aylandi.
Klub rasmiy saytida Harri bilan 6 yillik şartnoma imzolangani, kelişuvda bu muddatni yana bir yilga uzaytiriş ehtimoli belgilangani ma'lum qilindi.

Avvalroq OAVda Maguayrning «Lester Siti»dan transferi «Yunayted»ga 87,3 mln yevroga tuşayotgani, bu esa uni futbol tarixidagi eng qimmat himoyaçiga aylantirişi xabar qilingandi. Avvalgi rekord «Sauthempton»dan «Liverpul»ga 75 million yevroga transfer qilingan Virjil Van Deykka tegişli edi.
Ma'lumot uçun, 26 yoşli Maguayr 2017 yildan beri «Lester»da öynab kelayotgandi. Undan avval «Uigan», «Şeffild Yunayted» va «Hall Siti» klublari şarafini himoya qilgan. 2018/19 yilgi mavsumda futbolçi APL doirasida 31ta öyin ötkazib, 3ta gol muallifi bölgan.












