Toşkent markazidan oqib ötuvçi Katta Börijar kanalining Novza (sobiq Komil Yormatov) köçasi hududi qismidan ötuvçi qismida, «Özbekfilm» oşxonasi yonidagi piyodalar köprigi ostida ov qilayotgan mahalliy baliqçining qarmoğiga inson jasadi ilingan.

Voqea bevosita Kun.uz sayti ofisi yaqinida yuz bergani uçun operator va muxbirlardan iborat guruh hodisa joyiga yetib bordi.

Ma'lum bölişiça, B. ismli baliqçi bugun, 5 avgust kuni soat taxminan 10:00larda köprik tagida baliq ovlayotgan bölgan. Qarmoqqa nimadir ilingani his qilgan baliqçi uni tortganida suv yuzasiga inson tanasi orqa tomoni bilan qalqib çiqadi. Çöçib ketgan baliqçi bexosdan qarmoqni keskin tortib yuboradi va ip uzilib ketadi. Şundan söng baliqçi 102 raqamiga qönğiroq qiladi va voqea joyiga içki işlar, FVV, mahalla nozirlaridan iborat guruh yetib keladi.

Bu orada jasad Bunyodkor şoh köçasi tomon taxminan 300 metr oqib boradi va suvdagi daraxt şoxiga ilinib qoladi. FVVning ikki xodimi jasadni şoxdan ajratib, qirğoqqa olib çiqdi. Körinişidan bu yoş erkak kişi bölib, dastlabki ma'lumotlarga qaraganda taxminan 2 kun ilgari suvga çökib ketgan. Katta Börijar kanali yölga nisbatan taxminan 6-7 metr çuqurlikda joylaşgani jasadni olib çiqişda qiyinçilik tuğdirgani uçun qöşimça kuçlar çaqirilgan va jasadi çiqarib olingan.

Jasad kiyimda bölgani, hujjatlari ham çöntagida ekaniga qaraganda u çömiliş maqsadida suvga tuşmagan. Taxminlarga köra, u baxsiz hodisa tufayli suvga tuşib ketgan yoki ataylab tuşirib yuborilgan, bu borada aniq ma'lumotlar tergov jarayonida ma'lum böladi. Yonidan topilgan pasportga köra, fuqaro bedarak yöqolganlar röyxatida bölgan.

Hodisa yuzasidan IIBBning rasmiy xabari hozirça e'lon qilingani yöq.