Ayni vaqtda ta'tilda bölgan Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov uni faol ravişda ötkazmoqda. Turkmaniston televideniyesi Berdimuhamedovning qanday hordiq çiqarayotgani haqidagi lavhani namoyiş qildi. 

Lavhada Turkmaniston rahbari erta tongdan velosipedda sayr qilayotgani, yilqiçilik majmuasida ahaltaka otini çoptirayotgani va Aşxobodning Olimpiya şaharçasida kuç tuzilmalari rahbarlari bilan badantarbiya bilan şuğullanayotgani körsatilgan.

Bundan taşqari, lavhada Berdimuhamedov turli musiqiy asboblar çalayotgani va yangi musiqiy asari ustida işlayotgani tasvirlangan.  

Turkmaniston rahbari, şuningdek, turkman alabayi zotidagi itlar haqidagi kitobini nihoyasiga yetkazgan. Lavha söngida Berdimuhamedov avtomobilda Turkmanistonning boş diqqatga sazovor joylaridan biri – Qoraqumdagi gaz krateriga borgani tasvirlangan. Mamlakatda uşbu gaz krateri “Qoraqum yoğdusi” deb ataladi, xorijda esa “Jahannam eşiklari” sifatida ma'lum.

20 iyulda Turkmaniston rahbarining vafot etgani haqida gaplar paydo bölgandi, biroq rasmiy Aşxobod bu miş-mişlarni rad etgan. Ayni vaqtda Turkmaniston prezidenti va hukumati 15 iyuldan 15 avgustgaça ta'tilga çiqqan. 

Bungaça Turkmaniston televideniyesi mamlakat rahbarini oxirgi marta 24 iyulda namoyiş qilgandi.