“Yuksaliş” umummilliy harakati fuqarolar tomonidan kötarilgan taklif, masala va muammolarga imkon qadar tezkorlik bilan munosabat bildiriş va hal etiş uçun va şu orqali ularning davlat organlari bilan samarali muloqot örnatiş mexanizmini yaratiş maqsadida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan hamkorlikda maxsus “Jamoatchilik” onlayn-platformasini işga tuşirdi.

Harakat matbuot xizmati xabariga köra, platforma öz oldiga fuqarolar va keng jamoatçilikning yurtimizda amalga oşirilayotgan islohotlardagi iştirokini kengaytiriş, ularni davlat va jamiyat boşqaruviga faol jalb qiliş, şuningdek davlat idoralari faoliyatining oçiqligi va şaffofligini ta'minlaş, ularning aholi oldida hisobdorligini yanada oşiriş kabi maqsadlarni qöygan.

Mazkur platforma orqali ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni hal etişda fuqarolarning iştirokini kengaytiriş, şuningdek normativ-huquqiy hujjatlar, davlat dasturlari hamda davlat organlarining boşqa qarorlarini işlab çiqiş va takomillaştiriş böyiça takliflari qabul qilib boriladi.

Platforma fuqarolarga jamiyat hayotida sodir bölayotgan dolzarb voqea va hodisalar yuzasidan davlat idoralari rahbarlarini tezkor xabardor qiliş, soha va hududlarni rivojlantirişga qaratilgan takliflarni taqdim etib boriş imkonini beradi.

www.jamoatchilik.uz veb-sayti xizmatlaridan foydalaniş barça uçun oçiq va bepul. 

Qabul qilinadigan xabar turlari:

1. Qonunçilik, davlat va hududiy dasturlarga takliflar
2. Dolzarb voqea va hodisalar yuzasidan tezkor xabarlar

Foydalanuvçilar tomonidan taqdim etilgan xabarlar veb-saytda e'lon qilinadi va barça jarayonlar keng jamoatchilik uçun oçiq hisoblanadi. Har bir taklif tegişli mas'ullar tomonidan örganilib, ularning natijalari jamoatçilikka e'lon qilib boriladi.

Bundan taşqari, platforma dolzarb masalalar yuzasidan jamoatchilik fikri sörovlarini ötkazişga ham xizmat qiladi. 

Eng yaxşi taklif mualliflari va faol iştirokçilar rağbatlantirilişi rejalaştirilgan. 

Platforma faoliyati natijalari har çorakda keng jamoatchilik va mutasaddi idoralar rahbarlari iştirokida ötkaziladigan hisobot uçraşuvlari davomida tahlil qilinadi. Hisobot uçraşuvlari telekörsatuv şaklida taşkil etilib, unda platformaning faol foydalanuvçilari hamda eng yaxşi takliflar mualliflari iştirok etadi. Jarayonlar OAV va ijtimoiy tarmoqlarda töğridan-töğri yoritiladi, deyiladi xabarda.