Joylardagi şifoxonalarda yuqumli kasalliklar bilan oğrigan bemorlar bilan işlaş, bu xastaliklarning tarqalişini profilaktika qiliş böyiça olib borilayotgan işlar talabga javob bermaydi. Bu xususida Toşkent şahrida yuqumli kasalliklar böyiça olib borilayotgan profilaktik çora-tadbirlar samaradorligini baholaş mavzusidagi brifingda söz bordi.
Respublika Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi immunoprofilaktika bölimi vraçi La'li Saidğaniyevaning bayon qilişiça, respublikadagi şifoxonalarda yuqumli kasallik bilan oğriganlikda gumonlangan bemorlarni qabul qiliş va ularni palatalarda saqlaş tartibida bir qator jiddiy kamçiliklar mavjud.
«Qabulxonalarda yuqumli kasallik bilan xastalanişda gumonlanayotgan bemorlar qayerdan ötişi kerakli aniq belgilanmagan. Qabulxonada yoş onalar ham, bolalar ham, çaqaloqlar ham bölişi mumkin. Bemor bu yerdan ötguniça özidagi infeksiyani yuqtirib qöyişi ehtimoli yöq emas. Yuqumli kasalliklar qabul qilinuvçi joyga bemor umumiy kiriş joyidan qatnaşiga töğri kelyapti. Bemorlarning qayerga murojaat qilişini körsatuvçi yöl körsatkiçlari ham yetarli darajada emas», deydi u.
Brifing davomida qayd etilişiça, yuqumli kasallik belgilari mavjud bölgan şaxslardan öşa yerning özida qon tahlili olinmagan holda, yuqumli kasalliklar şifoxonasiga yönaltirilmoqda. Belgilangan tartibga köra esa bemor birinçi murojaat qilgan joyda qon tahlili ötkazilişi lozim.
Şuningdek, yuqumli kasalliklar holati qayd etilganda DSENMga şoşilinç xabarnoma yuboriş tizimi ham yaxşi yölga qöyilmagan. Natijada bemorni nazorat qilişning imkoni mavjud emas.
«Bemorlarning epidemiologik kartalarini töldirişda, kasallik simptomlarini aniq körsatişda kamçiliklar mavjud. Epidemiologik kartalar DSENMga öz vaqtida yetkazib berilmayotgani bois respublikada yuqumli kasalliklar böyiça umumiy holatni tahlil etiş, emlaş kampaniyasini nazorat qiliş jarayoni sust keçmoqda», deydi mutaxassis.












