Bondarevaning so‘zlariga ko‘ra, u uyushgan jinoiy guruh tuzish hamda soxta hujjatlar yordamida yirik miqdordagi mablag‘ni norezidentlar hisob raqamiga o‘tkazishda ayblanmoqda.
Plaxotnyuk ikki oyga hibsga olingan. Bu uning Rossiyada ikkinchi marta sirtdan hibsga olinishidir.
Plaxotnyuk va uning ishonchli vakili Konstantin Tsutsuga yirik miqdorda giyohvandlik moddalarini kontrabanda qilish va tarqatish ayblovi sirtdan e'lon qilingan, dedi IIV vakili Irina Volk. Ma'lum qilinishicha, u jinoiy narkosindikatga rahbarlik qilgan va uning a'zolarini himoya qilib kelgan.











