Prezident neça kun mehnat ta'tiliga çiqişi mumkin? U mehnat ta'tiliga çiqqanda uning vazifalarini kim bajarib turadi? Huquqşunos Xuşnud Xudoyberdiyev masalaning şu jihatlariga e'tibor qaratgan.
«Özbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari töğrisida»gi qonunning 4-moddasiga binoan, Prezidentga muddati 36 iş kunidan iborat yillik haq tölanadigan ta'til beriladi.
«Prezident mehnat ta'tiliga çiqqanda uning vazifalari kimningdir zimmasiga yuklanişi haqida qonunçilikda birorta qoidaga közim tuşmagan. Menimça, bunday qoida yöq va bu töğri. Çunki Prezident xalq tomonidan saylangan oliy vakolatlarga ega şaxs hisoblanadi, uning vazifalarini vaqtinça xalq saylamagan şaxsga berilişi joiz emas», — deydi Xuşnud Xudoyberdiyev.
Faqat Konstitutsiyaning 96-moddasida birgina qoida bor, amaldagi Prezident öz vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtinça Oliy Majlis Senati raisining zimmasiga yuklatiladi. «Öz vazifalarini bajara olmaydigan holat»ga aynan nimalar kirişiga izoh berilmagan, lekin mehnat ta'tili bunga kirmasligi aniq.
Davlat rahbarining mehnat ta'tiliga çiqqanligi töğrisidagi 2 qatorli kiçkina xabar tört jihatdan muhim ahamiyatga ega:
Birinçidan, bu Prezident matbuot xizmati uçun yangilik. Mustaqil Özbekiston tarixida hali biror marta bu haqida ma'lumot berilmagan. Birinçi Prezident Islom Karimovning mehnat ta'tiliga çiqqanligi töğrisida heç qaçon matbuotga xabar berilmagan. Demak, matbuot uçun beriladigan oçiq xabarlar yönalişi yana bittaga boyidi.
Ikkinçidan, 2017 yilda Prezident tomonidan hukumat vakillari hamda rahbarlar uçun 2 yilga favqulodda holat e'lon qilingan edi. Bugungi xabar öz-özidan uşbu favqulodda holat yakunlangani va iş tartibida xotirjam böliş mumkinligiga işoradir.
Uçinçidan, bizda yillar davomida mehnat ta'tiliga çiqmasdan işlaş öziga xos «an'ana» tusiga kirgan. Ayniqsa rahbarlar orasida. Ularning mehnat ta'tiliga çiqişi, xuddiki işdan qoçiş yoki dangasalik sifatida qaralişidan xavotir olişadi. Ammo albatta bu mehnat qonunçiligi böyiça ma'qullanmaydigan «an'ana».
Prezidentning mehnat ta'tiliga çiqqanligi haqidagi xabar şunisi bilan ijobiyki, bu quyi böğin rahbarlariga yana bir öziga xos signal vazifasini ötaydi. Demak, qolgan rahbarlar ham mehnat ta'tiliga çiqişi mumkin, bu uyatli iş emas, yoxud öşa rahbarsiz butun tizim taqa-taq töxtab, işlar orqaga ketib qolmaydi.













