2 avgust kuni Qozoğistonning Turkiston viloyatida Olmaota-Toşkent-Termiz avtotrassasida yöl-transport hodisasi röy berişi oqibatida 4 kişi halok böldi.
Özbekistonning Olmaota şahridagi Boş konsulxonasi bergan ma'lumotga köra, qurbonlarning 3 nafari Özbekiston fuqarolari, F. T. va D. A. voqea joyida halok bölgan, uçinçi özbekistonlik R. J. olingan jarohatlardan Çimkent şahar şifoxonasida vafot etgan.
Tengrinews.kz xabariga köra, YTH Çimkent tomon ketayotgan yuk maşinasining qarama-qarşi qatnov qismiga çiqişi oqibatida yuz bergan. Maşina Audi va «Kamaz» bilan töqnaşib, söng ağdarilgan va yonib ketgan.
YTH böyiça jinoiy iş oçilib, tergov olib borilmoqda.
«Boş konsulxona vaziyatni nazoratga oldi va marhumlarning jasadlarini vatanga yuboriş böyiça ularning oila a'zolariga konsullik-huquqiy va taşkiliy masalalarni hal qilişda yordam körsatmoqda.
Konsullik-huquqiy departamenti fojiali yakun topgan YTH munosabati bilan hamdardlik bildiradi hamda Qozoğistonning Olmaota va Çimkent şaharlari, Olmaota, Şarqiy Qozoğiston, Turkiston, Jambil va Qizilörda viloyatlari hududida bölib turgan Özbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Olmaota şahridagi Boş konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilişlari mumkinligini eslatadi: +7-727-291-11-78», deyiladi TIV matbuot xizmati xabarida.












