Respublika davlat sanitariya epidemiologiya nazorat markazida «Toşkent şahrida yuqumli kasalliklar böyiça olib borilayotgan profilaktika çora-tadbirlari samaradorligini baholaş» mavzusida brifing bölib ötdi. Unda Toşkent şahrida qizamiq, meningokokk infeksiyasi, virusli gepatit, ötkir yuqumli içak kasalliklarining tarqaliş holati va undan profilaktika qiliş böyiça olib borilayotgan işlar xususida ma'lumot berildi.
Brifingda ma'lum qilinişiça, 2019 yilning yanvaridan hozirgaça respublika böyiça 279ta qizamiq holati qayd etilgani laboratoriya şaroitida tasdiqlangan.
Ma'lumot örnida aytiş mumkinki, 2017 yilda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti tomonidan Özbekiston qizamiq va qizilçadan xoli hudud sifatida rasman tan olingan edi. 2018 yildan boşlab esa aholi örtasida qizamiq holati qayd etila boşlangan.
«Joylarda qizamiq belgilari bilan kelgan bemorlarga öz vaqtida aniq taşxis qöyilmasligi holatlari uçramoqda», deydi Respublika DSENM immunoprofilaktika bölimi vraçi La'li Saidğaniyeva.
Şuningdek, meningokokk infeksiyasi ham tez-tez uçrayotgani ma'lum qilindi. Respublika epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekşiriş instituti direktori Nurmat Otabekovga köra, har 100 ming aholi örtasida 5tadan ortiq meningokokk infeksiyasi qayd etilsa, bu me'yoridan ortiq hisoblanadi. Toşkent şahri tumanlarida esa xuddi şunday holat kuzatilgan. Umumiy hollarda 5-6 yoşdagi bolalarda uçraydigan mazkur kasallikning 30 va undan yuqori yoşlilarda ham qayd etilişi holatlari mavjud.
«Mazkur kasallikning tarqalişi oldini oliş maqsadida yangi uyuşgan jamoalar — armiyaga çaqirilganlar, öqişga yangi qabul qilinganlar, haj safariga boradiganlar kabilarda emlaş işlarini olib boriş lozim», deya ta'kidlaydi Otabekov.
Respublika DSENM boş vraçi örinbosari Botir Qurbonovning qayd etişiça, Toşkent şahrida uçrayotgan virusli gepatitning 98 foizini gepatitning A turi taşkil etadi. «Gepatit A bilan köproq maktabgaça bölgan yoşdagi bolalar kasallanmoqda. Ular maktabga çiqqaç, özining tengdoşlariga ham kasallikni yuqtirişi ehtimoli paydo böladi. Şu bois virusli gepatit A kasalligiga qarşi emlaş kampaniyasini taşkil etiş muhim», deydi Qurbonov.
Ma'lum qilinişiça, Toşkent şahrida 2019 yilning birinçi yarmidagi holatga köra ötkir yuqumli içak kasalligi bilan oğriganlarning 36,9 foizini 1 yoşgaça bölgan çaqaloqlar, 34,7 fozini 12 yoşdagi bolalar, 18,5 fozini 3-6 yoşdagilar, 9,9 foizini 7-14 yoşlilar, 0,6 fozini esa kattalar taşkil etadi. Içburuğ kasalligining yuqişiga asosan meva va sabazavotlar (56,2 foiz), sut va sut mahsulotlari (26,5 foiz) va boşqa oziq-ovqat mahsulotlari (17,3 foiz) taşkil etadi.











