AQŞning Heritage jamğarmasi taşqi siyosat markazi direktori Lyuk Koffi öz maqolasida Qozoğistonda hokimiyat özgargandan keyin Qozoğiston va AQŞ örtasidagi munosabatlarga baho berdi va ikki davlat örtasidagi hamkorlik uçun eng istiqbolli sohalarni belgilab berdi. Bu haqda The National Interest naşri xabar berdi. 

Ekspertning fikriça, Oq uy Qosim-Jömart Toqayevning hokimiyat tepasiga kelganidan keyin Qozoğistonda ötkazilayotgan islohotlarga munosabatini ehtiyotkorlik bilan şakllantirişi lozim. Koffi Qozoğistonda yuqori darajada korrupsiya, jamiyatda ijtimoiy keskinlik va iqtisodiyotda muammolar mavjudligini ta'kidlab ötgan.

“Toqayev uzoq vaqtdan beri sermahsul bölgan Qozoğiston-AQŞ munosabatlari yönalişini özgartirmaydi. Şu sababli Tramp ma'muriyati özaro hamkorlikni yaxşilaş yölarini topiş uçun Qozoğiston bilan yaqindan hamkorlik qilişi lozim”, deb aytgan Koffi öz maqolasida.

Uning ta'kidlaşiça, AQŞ Markaziy Osiyoning radikal ekstremizmga qarşi kuraşuvçi va islohotlar ötkazuvçi eng raqobatbardoş davlatlari bilan hamkorlikka intiladi. 

“Qozoğiston Afğonistonda foydali hamkor böldi. Mamlakat iqtisodiy va ta'lim loyihalariga önlab million dollarlar sarmoya qilgan. Ehtimol, bu eng muhimidir – Qozoğiston AQŞning Afğonistondagi qöşinlari ta'minoti tarmoğining ajralmas qismi hisoblanadi”, deb ta'kidlab ötgan Koffi. 

Mutaxassisning aytişiça, Qozoğistonga Suriya böyiça muzokaralar qanday natija berayotganiga qaramay, ularni taşkillaştirgani va ötkazgani uçun minnatdorlik bildiriş kerak. Koffi energetika sohasida hamkorlik qilişda katta salohiyatni körayotganini, Qozoğiston AQŞning Yevropadagi ittifoqdoşlariga Rossiya nefti va gazidan tobelikni yengişda yordam bera olişi mumkinligini aytgan.

Koffining ta'kidlaşiça, AQŞ siyosatçilari Qozoğistondagi islohotlarga nisbatan munosabatlarini bildirişda ehtiyotkor bölişlari lozim. AQŞ mintaqadagi barqarorlikdan manfaatdor. 

“Ba'zi qozoğistonliklar demokratik islohotlar ötkazilişining past sur'atlaridan norozilar, bu esa yaqinda ötgan namoyişlarga olib keldi. Biroq ta'kidlaş muhim, aholisi 18 mln kişi bölgan mamlakatda namoyişlarga bor-yöği bir neça ming kişi çiqdi. AQŞ siyosatçilari köça namoyişlari radikal islohotlarni ötkaziş uçun qöllangan “arab bahori” vaqtidagi tuzoqqa tuşmasliklari kerak”, deb ta'kidlab ötgan mutaxassis.   

Koffining fikriça, Yaqin Şarq va Şimoliy Afrika davlatlarida amalga oşirilişi uçun ança köp vaqt talab etiladigan islohotlarni qisqa muddatlarda ötkazişga harakat qilindi. Oqibatda mintaqada ixtiloflar va siyosiy beqarorlik yuzaga keldi. Koffi Toqayevning islohotlar ötkazişga intilişi va uning bu yönalişdagi ilk qadamlarini ta'kidlab ötgan. Mutaxassis AQŞ prezidentiga Oq uyning Markaziy Osiyo mintaqasiga jiddiy munosabatdaligini bildiriş uçun Qozoğistonga yaqin fursatlarda safar uyuştirişni tavsiya qilgan.