Bugun, 6 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi majlislar zalida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 22 aprelda qabul qilingan «Bola huquqlari kafolatlarini yanada kuçaytirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori ijrosi yuzasidan brifing ötkazildi. Unda Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov iştirok etdi.
Tadbir davomida markaz direktori bola huquqlari masalasida, sohada qilingan va qilinişi lozim masalalarga ham töxtaldi.
«Bolalar va yoşlarimiz siyosatida ta'lim-tarbiyaning roli juda muhim. Afsuski, bu masalada tartibga soluvçi qonunlar, masalan «Ta'lim töğrisida»gi Qonun juda eski. Hozirgi davrga umuman töğri kelmaydi. Yaqinda Belarusga prezidentimiz bilan birga borganimda ularda ta'lim kodeksi borligini kördim. Bizda ham ta'lim sohasidagi qonunçilikni tartibga keltiruvçi ta'lim kodeksi qabul qilsak töğri bölardi. Bu sohada qonunosti hujjatlar juda köp.
Ta'lim masalasida aytadigan bölsak, örta ta'lim Özbekistonda bepul. «Pulli bölişi kerak», «hududlardan kelsa qolganlarga joy yetmay qoladi» kabi gaplar asossizdir. Bizda örta ta'lim bepul – bu konstitutsiyaviy talab.
Qonunçilikdagi kemtiklardan yana biri nikoh yoşi bilan boğliq. Qizlarimizga boşqa, yigitlarimizga boşqa yoş me'yori belgilangan. Masalan, 16 yoşga çiqqan qiz hali saylov huquqiga ega bölmaydi. Men buni 15 yildan beri aytib kelaman. BMTning bola huquqlari böyiça qömitasidagilar neça bor gapirişdi. Tenghuquqli bölişi kerakligini takror va takror aytişdi. Biz birinçi marta yoşni tenglaştiryapmiz.
Bola huquqlarida yana bir muammo mavjud - şar'iy nikoh tuzilgan, lekin qonuniy nikohdan ötmagan bölsa tuğilgan bolalar ma'lum bir huquqlarga ega bölmay qoladi. Bu sud tomonidan belgilanişi mumkin.
Bolalarning boğçalar bilan qamrab oliş masalasida vazir Agrippina Şin aytib ötdiki, 41 foiz holatda ekan. Biz birinçi marta Milliy tiklaniş demokratik partiyasida örganganimizda 13 foiz bolalar boğçalarda edi. Bu raqamlar keyin 20 foizga, mana endi 40 foiz darajasida kötarildi.
Qonunçilikdagi kamçiliklar haqida aytadigan bölsak, hozirgi kunda korrupsiyaga qarşi kuraş ketayotgan vaqtda lobbizm haqida qonun yöq. Şuningdek, sohadagi muhim holatlardan biri xayriya masalasiga töxtalib ötsam. Bu masalada «Xayriya faoliyati töğrisida»gi qonunimiz bor. Biroq bu qonunlarimiz hozirgi kunda ozgina orqada qolgan. Xayriya qilayotgan şaxslarga huquqiy imtiyozlar beriş kerak. Bularga soliğini kamaytirib qöyilsa, ham jamiyat yutardi, ham tadbirkorga yaxşi bölardi», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.












