AQŞ Venesuelada Nikolas Maduro hukmronligiga çek qöyiş uçun barça usullardan foydalanadi, deb ma'lum qildi Oq uy.
"Qöşma Ştatlar Venesuelada Maduro hokimiyatiga çek qöyiş, Venesuela xalqining gumanitar yordamga erişişi va Venesuelada demokratik hokimiyatga ötiş jarayonini ta'minlaş uçun barça vositalarni işga soladi", - deyiladi Oq uy xabarida.
Venesuelada 21 yanvar kuni prezident Nikolas Maduroga qarşi ommaviy namoyişlar boşlandi. Milliy assambleya rahbari Xuan Guaydo özini vaqtinçalik prezident deb e'lon qildi. AQŞ boşçiligidagi qator davlatlar Guaydoni prezident deb tan oldi. Rossiya, Xitoy, Turkiya va boşqa davlatlar Maduroni qöllab-quvvatladi.














