Özbekistonda sanoat tarmoqlari bisyor. Ammo ularning hammasi ham import mahsulotlar bilan sifat va narx borasida teng raqobatga kirişa olmaydi. Lekin yurtimiz oziq-ovqat sanoati yutuqlari talaygina va bu sohaning xalqimiz dasturxonini aynan özimizda işlab çiqarilgan sifatli mahsulotlar bilan töldirayotgani köp marta e'tirof etilgan.

Özbekiston oziq-ovqat sanoati vakillari orasida “Good Food Group” kompaniyasi alohida ajralib turadi. Bu kompaniyaning mahsulotlari xalqimiz orasida “Maselko” nomi bilan maşhur.

“Good Food Group” kompaniyasi Özbekiston prezidentining joriy yil 1 maydagi “Sanoat kooperatsiyasini yanada rivojlantiriş va talab yuqori bölgan mahsulotlar işlab çiqarişni kengaytiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PK-4302-sonli qarorida közda tutilgan talablarni amalga oşiriş borasida faoliyat yuritmoqda va işlab çiqarişni kengaytirmoqda.

Kompaniya “Maselko” nomi bilan turli xildagi spred va margarinlar, quyultirilgan sut, mayonezlar, 20 xildan ortiq töldirgiçlar, çili sousi , qandolatçilik kremi va şaffof glazurlari singari bir neça turdagi mahsulotlarni taklif etadi va ularning hammasiga – yuqori sifat, betakror ta'm, ekologik toza va tabiiy ingrediyentlardan iborat xomaşyo, yuqori gigiyenik şaroitda tayyorlanganlik, işlatiş uçun juda qulay qadoq va asosiysi hamyonbop narxlar kabi xususiyatlarni jo etadi.

Faoliyatini bundan 7 yil oldin, 2012 yilning 12 aprelida yölga qöygan kompaniya bugungi kunda 3 ta işlab çiqariş korxonasi (Good Food Group, Good Food Organic, Top Oil) iş olib bormoqda va 1000 (ming) ga yaqin kişini iş bilan ta'minlagan.
Bugungi kunda kompaniya tomonidan yuzdan ortiq nomdagi mahsulotlar işlab çiqarilib, xaridorlarga taqdim etiloqda.
“Maselko” xaridorlari talabçan, nima xarid qilişni va mahsulot sifatiga e'tibor qaratişni yaxşi bilişadi. Bunga javoban kompaniya ham kundan-kunga yangi-yangi marralarni egallaşga harakat qiladi.

















