Kun.uz'ga ma'lum bölişiça, korxona tomonidan umumiy qiymati 83 million sömga teng 5 tonna yoğ, 2 tonna makaron va 2 tonna guruç va boşqa oziq-ovqat mahsulotlari Sirdaryo viloyati Guliston şahriga joylaştirilgan aholiga yetkazib berilgan.

Bundan taşqari, «Olmaliq KMK» AJ rahbariyati tomonidan kombinat tarkibidagi Jizzax sement zavodi kareridan 2600 tonnadan ortiq harsangtoş yuk maşinalarida yuborildi. Bundan taşqari, falokat oqibatlarini bartaraf etiş uçun 45 nafar muhandis texnik xodimlari safarbar etilib, 16ta avtosamosval, 4ta buldozer, 4ta ekskovator, 5ta yuklovçi(pogruzçik), 3dona maxsus texnika, 2ta burğulaş uskunalari jönatilgan.

Şuningdek, falokat natijasida evakuatsiya qilingan aholi uçun 6 tonna guruç, 2000 kg asal, 1000 kg asal, 1000kg quritilgan mevalar, 10 000 dona tuxum, 1000 litr ösimlik yoği, 1000 kg tvorog, 1000 litr kefir kabi oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat insonparvarlik yordami ham yuborildi.


















