Hindiston 11 may kuni Çenab daryosidagi Salal va Baglihor töğonlarida şlyuzlarni oçdi, bu 1960 yildagi Hind havzasi suvlarini taqsimlaş töğrisidagi şartnomaga köra Pokistonga tegişli edi.
Avvalroq, Kaşmir böyiça mojaro avj olgan bir paytda Hindiston suvni uzib qöygani Islomobodning keskin munosabatiga sabab bölgan va bu harakatni tajovuzkorlik harakati sifatida qabul qiliş mumkinligini ma’lum qilgan edi.
Keskinlaşuv 22 aprel kuni Jammu va Kaşmirda 26 kişi halok bölgan teraktdan keyin boşlandi. Bunga javoban Hindiston «Sindur» operatsiyasini, Pokiston esa «Bunyan-ul-Marsus» harbiy operatsiyasini boşladi.
10 may kuni tomonlar öt oçişni töxtatişga kelişib oldi va mintaqada keskinlik saqlanib qolayotgan bölsa-da, har ikki tomon sulhga rioya qiliş niyatini tasdiqladi.
Hindiston harbiy-havo kuçlari 12 mayga ötar keçasi heç qanday hodisa qayd etilmagan holda tinç ötganini ma’lum qildi. Vaziyat barqarorlaşgani sari Hindiston mamlakat şimoli va ğarbida yopilgan 32 ta aeroportni oçdi va 25 ta havo yönalişini tikladi.
Şuningdek, Pokiston ham öz havo hududini samolyotlar parvozi uçun oçdi.













