Toşkent şahar xalq ta'limi boş boşqarmasi tasarrufida bugungi kunda 287 ta umumiy örta ta'lim muassasalari faoliyat yuritmoqda. Ular loyiha siğimiga köra umumiy quvvati 308739 nafar öquvçiga möljallangan bölib, 2019-2020 öquv yili mazkur ta'lim muassasalarida jami 442906 nafar, ya'ni amaldagi quvvatiga nisbatan 134167 nafar köp öquvçilar ta'lim-tarbiya olişi kutilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Qayd etilişiça, 2019-2020 öquv yilida 1-sinflarga jami 49598 nafar bola qabul qilinişi rejalaştirilgan. Bugungi kunda qariyb yigirma beş ming öquvçi qabul qilindi.

Vazirlar Mahkamasining joriy yil 7 iyundagi 469-sonli qarori asosida Toşkent şahridagi 81 ta umumta'lim maktablarida 2019-2020 öquv yilida 1-sinfga bolalarni qabul qiliş Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oşirilişi yölga qöyildi. Qarorga köra, qabul jarayoni Asosiy va Qöşimça kvota hisobidan amalga oşiriladi. Şu örinda, asosiy kvota - bu tuman hokimliklari tomonidan belgilangan mikrohududda yaşovçi doimiy röyxatdagi fuqarolarning joriy yili 31 dekabrigaça 7 yoşga töladigan farzandlari.

2019-2020 öquv yilida 1-sinfga asosiy kvota böyiça jami 7910 nafar bola qabul qilinişi rejalaştirilgan va 1 avgust holatiga 3772 nafar bolalar Davlat xizmatlari markazi orqali qabul qilingan. 

Qöşimça kvota - maktablarning imkonidan kelib çiqib, mikrohududdan taşqarida yaşayotgan maktab yoşidagi mikrohudud va mikrohududdan taşqari maktab yoşiga yetmagan (yilning 1 sentyabrigaça 6 yoşga töluvi), maktablarda ta'lim beriş tili böyiça boşlanğiç bölimga ega bölmagan bolalarga ajratiladi. Hozirda jamoatçilik taklifi asosida Xalq ta'lim va Adliya vazirligi tomonidan yuqoridagi qarorga özgartiriş kiritiş töğrisidagi qaror loyihasi tayyorlangan. Loyiha 27.07.2019 yilda jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan.

Qaror loyihasida qöşimça kvota asosida qabul tartibi belgilangan. Şu bilan birga pullik qabul tartibni bekor qiliş taklif etilgan. Şuningdek, Toşkent şahar hokimining 2019 yil 5 avgustdagi 1068-sonli qarori asosida faoliyati tugatilayotgan 4 ta kasb-hunar kollejlari ham boş boşqarma tasarrufiga ötişi munosabati bilan yangi öquv yilida yangi maktablar taşkil etiladi. 

Xususan, endilikda Mirobod kompyuter texnologiyalari kasb-hunar kolleji binosida 56-sonli umumta'lim maktabi, Mirobod sanoat kasb-hunar kolleji örnida 65-sonli umumta'lim maktabi, Toşkent moliya va iqtisodiyot kolleji binosida 68-sonli umumta'lim maktabi, Yunusobod kompyuter-texnologiya kasb-hunar kolleji örnida 72-umumta'lim maktabi iş boşlaydi.