Xitoyning Huawei kompaniyasi özining Harmony OS deb nomlanuvçi operatsion tizimi taqdimotini ötkazdi.
Huawei CBG rahbari Riçard Yuning aytişiça, operatsion tizim smartfonlar, kompyuter va planşetlarga örnatilişi mumkin.
Operatsion tizim şuningdek, aqlli soat, ekran, kolonka kabi intellektual qurilmalarda ham işlaydi. Şu tarzda foydalanuvçi öz qurilmalarida yagona ekotizimni yaratişi mumkin.
Kompaniya şu bilan birga kompaniya yangilangan EMUI 10 interfeysini ham namoyiş etdi.
Harmony Android operatsion tizimi örnini egallaşi mumkin.
May oyida AQŞ savdo vazirligi Huawei kompaniyasini qora röyxatga kiritgandi. Buning ortidan Google Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlikni töxtatdi.












