Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi prezident tanqidiga uçragan viloyat hokimlari yuzasidan qabul qilingan qaror haqida axborot berdi. Unda ma'lum qilinişiça, yil yakunlari böyiça barça viloyatlar, jumladan, Qaşqadaryo, Farğona va Xorazm viloyatlari hokimlari faoliyati tanqidiy tahlil qilinib, joylarda yuzaga kelgan vaziyatni önglaş böyiça amalga oşirilgan işlar samaradorligiga baho beriladi.
«Ma'lumki, respublikamizning qator hududlarida eski bino va imoratlarni rekonstruksiya qiliş, hududlarni obodonlaştiriş, olis qişloq va tumanlar qiyofasini özgartiriş böyiça kompleks çora-tadbirlarni amalga oşiriş jarayonida ayrim viloyatlar rahbarlari va mas'ul şaxslari tomonidan fuqarolar va tadbirkorlarning köçmas mulk obektlarini buziş va yer uçastkalarini olib qöyiş bilan boğliq mulkiy huquqlari qöpol ravişda buzilişi qayd etildi.
Davlatimiz rahbari tomonidan quriliş va buziş işlarida yöl qöyilgan xatolar hamda aholi va mulk egalari bilan kelişilmagan holda amalga oşirgani uçun Qaşqadaryo, Farğona va Xorazm viloyatlari hokimlari faoliyati keskin tanqid qilindi.
Röy bergan hodisalar doirasida bino va imoratlar egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlari kafolati yanada mustahkamlanişini ta'minlaş, aholining farovon turmuş keçirişi uçun zarur şaroitlar yaratiş, buziş va keltirilgan zararni qoplaş mexanizmlarini tartibga soliş maqsadida joriy yil 3 avgust kuni Prezidentimizning «Fuqarolar va tadbirkorlik sub'yektlarining mulk huquqi kafolatlanişini sözsiz ta'minlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi farmoyişi qabul qilindi.
Mazkur hujjat bilan Boş vazir rahbarligida bir oy muddatda yer uçastkalarini olib qöyiş va mulkdorlarga yetkazilgan zararlarni qoplaş tartibini belgilovçi hukumat qarori qabul qilinguniga qadar amal qiladigan tegişli joylaştiriş işlarini amalga oşiriş tartibi tasdiqlandi.
Boş vazir örinbosari rahbarligida Respublika muvofiqlaştiruvçi işçi guruhi tuzilib, u ikki hafta davomida respublika böyiça fuqarolar va tadbirkorlik sub'yektlariga yetkazilgan zarar miqdorini xatlovdan ötkazadi, bozor narxidan kelib çiqqan holda uning real bahosini belgilaydi, şuningdek, aholidan qarzdorlikni uzişning aniq manbalarini belgilab beradi.
Joylarga çiqqan holda vaziyatni örganiş, şuningdek, respublikamizning ayrim hududlarida qonunga xilof xatti-harakatlar va mansabdor şaxslarning özboşimçaliklari oqibati tahlili natijalari aniq takliflar bilan Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevga kiritildi.
Şu bilan birga Prezidentimiz topşiriğiga muvofiq, yöl qöygan qöpol xatolari va mansab vakolatlarini suiiste'mol qilgani uçun Farğona viloyati Rişton tumani hokimi, iqtisodiyot va quriliş masalalari böyiça hokim örinbosarlari, hokim va uning quriliş böyiça örinbosari, Qaşqadaryo viloyati Yakkaboğ tumani hokimi, uning quriliş böyiça örinbosari, tuman prokurori va Urganç şahar hokimi örinbosari egallab turgan lavozimidan ozod etildi.












