Angliya çempionatining yangi mavsumi «Liverpul» va «Norviç Siti» örtasidagi uçraşuv bilan boşlanadi. Liverpuldagi «Enfild» stadionida keçgan uçraşuv mezbonlarning 4:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Öyinda hisob 7-daqiqadayoq oçildi, mehmonlar himoyaçisi Grant Henli öz jamoasi darvozasini işğol etib qöydi. 19-daqiqada Roberto Firminoning pasidan keyin Muhammad Saloh mersisaydliklarning ikkinçi goliga mualliflik qildi. Köp vaqt ötmasdan Salohning burçak zarbasidan keyingi uzatmasini Virjiyl van Deyk boşi bilan raqib darvozasiga joylab qöydi. 39-daqiqada «Liverpul» asosiy darvozabonidan ayrildi, Alison Beker jarohat tufayli öyinni davom ettira olmadi va uning örnini Adrian egalladi. Bölim oxirida Divok Origi mezbonlarning törtinçi golini urdi.
Ikkinçi bölimda «Norviç Siti» hujumçisi Teemu Pukki yagona javob goli bilan öyindagi yakuniy hisobni örnatdi.
Şu tariqa, Yurgen Klopp şogirdlari mavsumni yirik hisobdagi ğalaba bilan boşladi.
Angliya çempionati
1-tur
Liverpul – Norviç 4:1 (4:0, 0:1)
Gollar :1:0 – 7, avtogol Henli, 2:0 – 19 Saloh, 3:0 – 28 van Deyk,4:0 – 42 Origi, 4:1 – 64 Pukki.
Liverpul – Alisson (Adrian, 39), Aleksander-Arnold, Gomes, van Deyk, Roberson, Henderson, Fabino, Veynaldum, Saloh, Firmino (Milner, 86), Origi (Mane, 74).
Norviç – Krul, Aarons, Xenli, Godfri, Lyuis, Maklin, Tribull (Ernandes, 70), Buendia, Ştipermann (Lyaytner, 58), Kentuell, Pukki (Drmiç, 83).
Ogohdantirişlar: Lyaytner (60), Buendia (65)












