Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Gaz ta'minoti töğrisida”gi qonun loyihasi e'lon qilingandi.
Hujjatga köra, gazni taqsimlaş berilgan litsenziyalar asosida gazni qabul qiliş, taqsimlaş va iste'molçilarga gaz yetkazib berişni ta'minlaydigan gaz ta'minoti taşkilotlari tomonidan amalga oşiriladi.
Gaz ta'minoti taşkilotlari:
belgilangan tartibda iste'molçilar tomonidan ma'lum qilingan ehtiyojlar asosida gazning şartnomaviy iste'mol hajmini şakllantiradilar;
iste'molçilar bilan gaz yetkazib beriş böyiça şartnomalar tuzadilar;
gaz taqsimlaşning prognoz va hisobot hajmlarini şakllantiriş hamda gaz resurslari va taqsimoti balansini tuzişda iştirok etadilar;
gaz ta'minoti tizimi obektlaridan qurilmalar texnologik reglamentlari va normativ hujjatlarga muvofiq foydalanadilar va ularni ta'mirlaydilar;
iste'molçilar tomonidan haqiqiy foydalanilgan gaz uçun tölovlar hisobini yuritadilar;
iste'molçilarni belgilangan tartibda gaz bilan ta'minlaş tizimi obektlarida rejali ta'mirlaş işlari va avariyaviy rejim sababli gaz yetkazib berişning çeklanişi töğrisida xabardor qiladilar;
avariyaviy rejimda magistral gaz quvurlarining texnologik işlaş rejimi buzilgan taqdirda iste'molçilarni gaz bilan ta'minlaş jadvallari va ularni gaz tarmoqlaridan qisman yoki töliq uzib qöyiş navbatini işlab çiqadilar;
gazdan oqilona va tejamkorlik bilan foydalaniş böyiça çora-tadbirlarni işlab çiqadilar va amalga oşiradilar;
iste'molçilarga gaz taqsimlaş tarmoqlariga ulaniş uçun belgilangan tartibda texnik şartlar taqdim etadilar;
qonun hujjatlariga muvofiq boşqa faoliyatni amalga oşiradilar.
Gazni yetkazib beriş berilgan litsenziyalar asosida gazni qazib çiqariş, qayta işlaş, işlab çiqariş taşkilotlari hamda gaz transporti va gaz ta'minoti taşkilotlari tomonidan amalga oşiriladi.
Gazni yetkazib beruvçilar quyidagi huquqlarga ega:
gaz yetkazib beriş şartnomasi şartlarida belgilangan gaz iste'moli rejimiga iste'molçi tomonidan rioya qilinişi ustidan nazoratni amalga oşiriş;
gaz yetkazib beriş şartnomasida belgilangan muddatlarda yetkazib berilgan gaz uçun tölovlarni öz vaqtida oliş;
iste'molçining gazni hisobga oliş priborlari va gazdan foydalaniş uskunalari (qurilmalari)ga tösiqlarsiz kiriş;
gaz yetkazib beriş şartnomasi şartlariga muvofiq yetkazib berilgan gaz uçun qarzdorligi mavjud bölganda iste'molçiga gaz yetkazib berişni çeklaş yoki töxtatiş;
iste'molçining gazdan foydalaniş uskunalari (qurilmalari) işlaşida gaz ta'minoti obektlari işining texnologik parametrlari özgarişiga olib kelgan buzilişlar mavjud bölganda keltirilgan zararlar örnini belgilangan tartibda qoplaş.
Gaz yetkazib beruvçilar qonun hujjatlariga muvofiq boşqa huquqlarga ham ega bölişi mumkin.
Gaz yetkazib beruvçilar quyidagi majburiyatlarga ega:
Iste'molçilar tomonidan belgilangan tartibda ma'lum qilingan ehtiyoji asosida gaz iste'molining şartnomaviy hajmini şakllantiriş;
texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq yetkazib beriladigan gazning sifatini ta'minlaş;
gaz ta'minoti obektlarida gazning texnologik yöqotişlarini qisqartiriş böyiça taşkiliy-texnik tadbirlarni işlab çiqiş va amalga oşiriş;
obektlardan qurilmalarning texnologik reglamentlari va normativ hujjatlarga muvofiq foydalaniş va ularni ta'mirlaş;
gaz yetkazib beriş şartnomalari şartlariga muvofiq iste'molçilarga gaz yetkazib berişni ta'minlaş;
qonun hujjatlari va gaz yetkazib beriş şartnomalariga muvofiq iste'molçilarning gaz ta'minoti masalalari böyiça murojaatlarini körib çiqiş;
iste'molçilarga amalda yetkazib berilgan gaz uçun tölovlarning hisobini olib boriş;
iste'molçilarni gaz ta'minoti tizimi obektlaridagi rejali ta'mirlaş işlari va avariyaviy rejim sababli gaz yetkazib berişning çeklanişi töğrisida ogohlantiriş.
Gaz yetkazib beruvçilarga qonun hujjatlari va gaz yetkazib beriş şartnomasiga muvofiq boşqa majburiyatlar ham yuklatilişi mumkin.
Gaz iste'moli yuridik va jismoniy şaxslarning gazga bölgan ehtiyojini qondiriş uçun amalga oşiriladi.
Gaz iste'molçilari quyidagi huquqlarga ega:
sifat körsatkiçlari normativ hujjatlar bilan belgilangan talablarga muvofiq bölgan gazni oliş;
gaz yetkazib beriş şartnomasida nazarda tutilgan hajm va muddatlarda gaz oliş;
gaz yetkazib berişni töxtatib qöyiş sabablari töğrisidagi ma'lumotni belgilangan tartibda oliş;
yetkazib beruvçilarga iste'molçilar tomonidan iste'mol qilinadigan gaz hajmining özgarganligi töğrisida belgilangan tartibda takliflar kiritiş;
gaz ta'minoti taşkiloti tomonidan gazni töliq yetkazib beriş yoki bermaslik, sifat körsatkiçlari normativ hujjatlar bilan belgilangan talablarga muvofiq bölmagan gazni yetkazib beriş orqali yetkazilgan zararlar örnini belgilangan tartibda qoplaş;
gaz yetkazib beriş şartnomalarini bajarişda yuzaga keladigan nizolarni hal qiliş uçun sudga murojaat qiliş.
Gaz iste'molçilari qonun hujjatlariga muvofiq boşqa huquqlarga ham ega bölişi mumkin.
Gaz iste'molçilari quyidagi majburiyatlarga ega:
gaz yetkazib beriş şartnomalari şartlari bilan belgilangan gaz iste'moli rejimiga rioya qiliş;
yetkazib berilayotgan gaz uçun tölovni yetkazib beriş şartnomalari bilan belgilangan muddatlarda öz vaqtida amalga oşiriş;
gaz ta'minoti taşkiloti vakiliga gazni hisobga oliş priborlari va gazdan foydalaniş uskuna (qurilma)larini tekşiriş uçun ruxsat beriş;
gazdan oqilona va tejamkorlik bilan foydalaniş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiriş;
gaz iste'molida sanoat, yonğin va ekologiya xavfsizlik talablariga rioya qiliş;
gaz ta'minoti tizimiga obektlar va (yoki) gazdan foydalaniş uskunalari (qurilmalari)ni özboşimçalik bilan ulab olişga yöl qöymaslik;
örnatilgan gazni hisobga oliş priborlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda böliş, plombalarning buzilişiga yöl qöymaslik, ularning nosozliklari töğrisida gaz ta'minoti taşkilotlariga xabar beriş.
Gaz iste'molçilari qonun hujjatlariga va gazni yetkazib beriş şartnomalariga muvofiq boşqa majburiyatlarga ham ega bölişi mumkin.
Gazni hisobga olmasdan yetkazib berişga yöl qöyilmaydi.
Yetkazib beruvçi tomonidan iste'molçiga uzatiladigan gaz miqdori:
yuridik şaxslar uçun – gazni hisob oliş priborlari böyiça, ularda hisobga oliş priborlari mavjud bölmagan taqdirda, qoidaga köra gaz yetkazib beruvçi gaz tarmoqlarining böliniş çegaralarida örnatilgan nazorat-ölçov priborlari bilan aniqlanadi;
jismoniy şaxslar uçun – gazni hisobga oliş priborlari körsatkiçlari asosida yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda gaz sarfi me'yorlari böyiça aniqlanadi.
Qurilişi yakunlangan, rekonstruksiya qilingan va mukammal ta'mirlangan gazni hisobga oliş priborlari örnatilmagan turar joy binolarini foydalanişga qabul qiliş, şuningdek yuridik şaxslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga gazni hisobga oliş priborlari mavjud bölmagan holda gaz iste'moli uçun ruxsat beriş taqiqlanadi.
Gazni hisobga oliş priborlari qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq bölişi kerak.
Yetkazib beriladigan gaz sifati tegişli normativ hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq bölişi va yetkazib beruvçi tomonidan gaz yetkazib beriş şartnomasiga muvofiq ta'minlanişi lozim.
Zarur darajadagi sifatga ega bölmagan gazni yetkazib berganlik uçun yetkazib beruvçi qonun hujjatlari va gaz yetkazib beriş şartnomasiga muvofiq javob beradi.
Iste'molçi yetkazib berilgan gaz uçun tuzilgan yetkazib beriş şartnomasi asosida tölovni amalga oşirişi şart.
Yetkazib beriladigan gaz uçun hisob-kitoblar Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oşiriladi.
Yetkazib beruvçi va iste'molçi gaz yetkazib beriş şartnomasiga muvofiq gaz yetkazib beriş hajmi va iste'mol qilingan gaz uçun tölovlar summasini muntazam ravişda soliştirib boradilar.
Yetkazib beruvçi şartnoma şartlari va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda gaz yetkazib berişni kamaytirişga yoki töxtatişga haqli.
Gaz yetkazib beruvçi gaz yetkazib beriş şartnomasi böyiça gaz yetkazib bermaslik yoki yetarliça yetkazib bermaslik sababli iste'molçiga yetkazilgan aniq zarar va boy berilgan foydaning örnini qoplaydi.
Gaz yetkazib berişning alohida şartlari bölgan strategik va ijtimoiy ahamiyatga ega iste'molçilar tomonidan yetkazib beriş şartnomalarining yetkazib berilgan gaz uçun haq tölaş şartlariga rioya qilinmagan taqdirda, yuqori turuvçi boşqaruv organi iste'molçilar tomonidan şartnoma şartlari bajarilişini ta'minlovçi çoralarni köradi.












