“Yuksaliş” umummilliy harakati ofisida “Jamoatchilik” onlayn-platformasi faoliyatining dastlabki natijalari sarhisobiga bağişlangan uçraşuv bölib ötdi. Unda 10 dan ziyod mutasaddi vazirlik va idoralar vakillari, kelib tuşgan taklif mualliflari hamda jurnalistlar iştirok etdi.

Ma'lumki, joriy yilning 6 avgust kuni internet tarmoğida “Jamoatchilik” onlayn-platfomasi işga tuşirildi. 

“Yuksaliş” umummilliy harakati matbuot xizmati xabariga köra, platformaning maqsadi fuqarolar va keng jamoatçilikning amalga oşirilayotgan islohotlardagi iştirokini oşiriş, ularni davlat va jamiyat boşqaruviga faol jalb qiliş, şuningdek davlat idoralari faoliyatining oçiqligi va şaffofligini ta'minlaş, ularning aholi oldida hisobdorligini yanada kuçaytiriş hisoblanadi.

12 avgust holatiga köra platformaga kelib tuşgan xabar va takliflar soni 500 ga yaqinlaşdi va bu körsatkiç hamon ösib bormoqda. 

“Biz yurtimizda sodir bölayotgan voqea va hodisalarga befarq bölmagan va mamlakat taraqqiyotiga, barça sohalardagi islohotlarni ilgari surişga intilayotgan fuqarolarga minnatdorlik bildirib, kelgusida ham şunday faol bölişlariga umid bildiramiz. Şuningdek, OAV va blogerlarni ham kelib tuşayotgan taklif va xabarlarni keng jamoatçilikka yetkazişda platforma faoliyatini köllab-quvvatlaşlarini sörab qolamiz”, - deyiladi xabarda.

“Jamoatchilik” onlayn-platfomasiga turli sohalar böyiça taklif va xabarlar yuborilmoqda. Xususan, ta'lim va soğliqni saqlaş, moliya va kreditlaş, energetika va kommunal xizmatlar, pasport tizimi va fuqarolikni rasmiylaştiriş, majburiy mehnat va korrupsiyaga qarşi kuraşiş kabi köplab sohalar böyiça 420 dan ortiq örinli va asosli takliflar kelib tuşdi. Ularning aksariyati amaldagi qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş bilan boğliq.

Tadbir davomida platforma faoliyati tahlil qilinib, oraliq natijalar e'lon qilindi. Xususan, kelib tuşgan takliflar yuzasidan tegişli vazirlik va idoralar mutaxassislari öz fikrlarini bildirib, ularni hayotga tatbiq etiş imkoniyatlari haqida söz yuritdilar. Iştirokçilar tomonidan kelib tuşgan fikrlarning deyarli barçasi konstruktiv va hayotga tatbiq etiş mumkinligi ta'kidlandi.

Muhokamalar yakuniga köra tomonlar portal faoliyatini yanada kengaytiriş, vazirlik va idoralar töğridan-töğri fuqarolar takliflariga javob qaytariş orqali tezkorlik imkoniyatlarini yanada oşirişga kelişib oldilar.