Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In bir qator olimlarga yangi qurollarni yaratişga qöşgan hissalari uçun harbiy unvonlar berdi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi xabar berdi. 

Kim Çen In “harbiy ilm va mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlaş işiga ulkan hissa qöşgan” 103 nafar olimga yangi unvonlar bergan. Şimoliy Koreya yetakçisi ularga milliy mudofaa işida “muhim bosqiç”ga erişişga imkon bergan “murakkab texnologik muammolarni” yeçişgani uçun minnatdorlik bildirgan.

Janubiy koreyalik kuzatuvçilarning ta'kidlaşiça, Şimoliy Koreyada fuqarolarga harbiy unvonlar berilişi eng oliy mukofotlardan biri hisoblanadi va mamlakat rahbariyati tomonidan bu xizmatlarning tan olinişidan darak beradi.

Ötgan bir oy içida Şimoliy Koreya bir neçta kiçik masofadagi ballistik raketa uçirdi. Oxirgi bunday raketa uçirilişi 10 avgustda bölib ötdi.