Joriy yilning 15 avgust kunidan e'tiboran “Uzautotrans service” MÇJ tomonidan "Toşkent-Çimboy" yönalişida muntazam avtobus qatnovlari yölga qöyiladi. 

Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi axborot xizmati xabariga köra, avtobuslar Nukus şahri orqali harakatlanadi. Toşkent avtovokzalidan avtobus soat 08:00da jönab ketadi. Çimboydan esa 08:20da Toşkent tomon yölga çiqiladi. 

Mazkur yönaliş masofasi 1216,3 km.ni taşkil etadi. Çipta narxi esa 124 000 söm etib belgilangan. Nukus şahrigaça esa 118 000 sömni taşkil etadi. Çiptalarni Toşkent avtovokzali kassalaridan sotib oliş mumkin.