Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov Instagram'dagi sahifasida rasmiy bayonot bilan çiqdi.
“Sizga yaxşi ma'lumki, respublikamizda söz erkinligini ta'minlaş, erkin fikr yuritiş uçun huquqiy himoyani kuçaytiriş, davlat idoralarining oçiqligini taminlaş, blogerlik mavqeini kötariş, barça toifadagi OAV xodimlarini himoya qiliş borasida talaygina iş qilindi va qilinmoqda.
Bu ularni ommalaşişiga, xalq orasida hurmat qozongan holda amalda törtinçi hokimiyat darajasiga sekin asta bölsa-da, kötarilişiga olib kelmoqda. Bunga hammamiz guvoh bölib turibmiz. Tan olib aytiş kerakki, bugun har bir smartfon egasi erta tongdanoq uyğonişi bilan telefoni orqali birinçi bölib ijtimoiy tarmoqlarga kiradi yoki yangiliklarni öqiydi. Va şu tariqa har birimiz elektron axborot maydonining ta'siriga tuşib bormoqdamiz. Kimlardir bu maydonda iştirokçi, kimlardir uning qurboni, kimlardir esa kuzatuvçi. Mobil telefonidan foydalanuvçilar sonining 20 milliondan ortib borayotganini inobatga olsak, axborot siyosati sohasidagi mas'ul davlat organi bölgan bizning agentligimiz bu masalaga befarq böla olmaydi va uni öz holiga ham taşlab qöya olmaydi. Gap bizning davlatçiligimiz, xalqimizning tinçligi, xotirjamligi va, qolaversa, davlatimiz ravnaqi haqida bormoqda”, - deyiladi bayonotda.
Bildirilişiça, söngi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda qanday yangilik paydo bölmasin uning tagida turli munozarali bahslar, munosabatlar, fikrlar, tortişuvlar yoziladi. Bu fuqarolarning faollaşib borayotganini körsatadi.
“Lekin, ming afsuski, ular orasida oxirgi paytda haqoratli sözlar, tuhmatli gaplar, sökinişlar, obrösizlantiruvçi fikrlar keskin köpayib bormoqda. Bunday izohlar, öz navbatida, har bir fuqaroga salbiy ta'sir körsatib, yolğon ma'lumotlar şakllanişi, odamlarimiz orasida turli miş-mişlar paydo bölişiga olib kelmoqda. Eng yomoni bularning aksariyati bir guruh trollar yoki feyk, ya'ni, soxta akkauntlar tomonidan uyuştirilmoqda. Bularning ortida nima maqsad yotgani, bu guruhlar kimga qaraşli ekani katta savol tuğdiradi.
Ming afsuski, uşbu muammo nafaqat Özbekiston balki butun dunyo mamlakatlarining boş oğriğiga aylangan. Sizga yaxşi ma'lumki, turli ommaviy tartibsizliklarning barçasi uşbu resurslar yordamida amalga oşiriladi. Yaqin qöşni davlatlar, umuman dunyo hamjamiyati ham uşbu muammo bilan qattiq kuraşib kelmoqda”, - deyilgan bayonotda.












