Pokiston boş vaziri Imron Xon çorşanba kuni Kaşmirning Pokiston qismiga taşrif buyuradi va mahalliy kengaşda Jammu va Kaşmir ştatining alohida maqomi bekor qilinganligi munosabati bilan nutq sözlaydi. Bu haqda Pokiston boş vaziri devonxonasi ma'lum qildi.

"Imron Xon mahkama a'zolari hamrohligida Ozod Kaşmir ma'muriy markazi Muzaffarobodda Pokiston kuni milliy bayramini nişonlaydi. U şuningdek, partiyalararo konferensiyada iştirok etadi va Kaşmir siyosiy partiyalari yetakçilari bilan uçraşadi", - deb iqtibos keltirmoqda The Economic Times devonxona xabaridan.

Imron Xon taşrifiga tayyorgarlik köriş uçun Pokiston taşqi işlar vaziri Şoh Mahmud Qurayşiy Muzaffarobodga keldi.

"Pokiston xalqi va mamlakat rahbariyati Jammu va Kaşmir muammosi böyiça yagona pozitsiyada hamda 14 avgust kuni uning aholisini qöllab-quvvatlaşini bildiradi", - dedi u.