Bugun, 14 avgust kuni Mudofaa vazirligida harbiy mobil innovatsion tibbiy markazning taqdimotiga bağişlangan marosim bölib ötdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

Unda Mudofaa, Içki işlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya hamda Davlat xavfsizlik xizmati mas'ul vakillari iştirok etdi.

Zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan va jahon talablariga töliq javob beruvçi mazkur harbiy mobil innovatsion markazning afzalligi şundaki, unda bir vaqtning özida ikki nafar oğir ahvoldagi bemorga tibbiy xizmat körsatiş, yana bir nafar bemorda jarrohlik amaliyoti ötkaziş imkoniyati mavjud va u har qanday iqlim şaroitida işlaşga möljallangan.

 Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati
 Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati

– Uşbu markazda barça murakkab jarrohlik amaliyotlari, jumladan, konikotamiya, traxeostamiya, laprosintez, tarakosintez, yurak jarohatlanganda jarohat olgan qon tomirlarini tikiş yoki vaqtinça şunt qöyiş bajariladi, – deydi mudofaa vazirligi tibbiy ta'minot boşqarmasi boşliğining örinbosari polkovnik Abduğani Yuldaşev. 

Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati

Mobil markazda jarrohlik amaliyoti ötkazilayotganida jarohatga infeksiya tuşişining oldini oliş maqsadida maxsus tösiq va içkaridagi havoni taşqariga çiqaruvçi havo filtri örnatilgan. Şuningdek, bu yerda jarrohlik lampasi ustiga kamera joylaştirilgan bölib, bu orqali joylardagi harbiy gospitallarning tajribali mutaxassislari jarayonni bevosita onlayn tarzda kuzatişlari, zarur holda öz tavsiya va maslahatlarini berişlari mumkin.