Rossiya armiyasining yana 4 nafar harbiysi Suriyada jangarilar hujumi qurbonlariga aylandi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi rasman xabar bergan.
«Suriya Arab Respublikasida jangarilarning hujumi oqibatida 4 nafar rossiyalik harbiy xizmatçi halok böldi... Suriyaning Dayr az-Zor provinsiyasi hududida keçqurun Suriya hukumatining artilleriya bölinmalariga terrorçi guruhlar tomonidan hujum uyuştirilgandi. Töqnaşuvlar vaqtida voqea joyida ikki nafar rossiyalik harbiy maslahatçi halok bölgan, yana 5 nafar harbiy jarohatlangan holda harbiy gospitalga yetkazilgan», deyiladi xabarda.
Gospitalga olib kelinganlarning ikki nafari ham jon bergan.
Ma'lum qilinişiça, artilleriya bölinmasi jangarilarga qarşi bir soat mobaynida jang olib borgan va 43 nafar terrorçini yöq qilgan.
Uşbu xabar 27 may kuni rasman ma'lum qilindi.
«Çita.ru» ma'lumotiga köra, 23 may kuni Suriyada halok bölgan 4 harbiyning dafn marosimi ötkazilgan. Qurbonlar 200-artilleriya bölinmasi harbiylari bölişgan, ularning biri ofitser edi.
«Anonim Armiya» manbasi ma'lumotiga köra esa qurbonlar soni 6 nafar, Suriyadan olib kelingan jarohatlanganlar Moskvadagi harbiy gospitalga yotqizilgandi.













