Şimoliy Koreya harbiylari Yapon dengizi tomon ikkita noma'lum turdagi raketa uçirdi. Bu haqda “Ryonxap” axborot agentligi xabar berdi. 

Janubiy Koreya ştablari boşliqlari birlaşgan qömitasi ma'lumotlariga köra, snaryadlar Şimoliy Koreyaning Tokçxon şahridan uçirilgan. Harbiylar boşqa tafsilotlarni, jumladan, raketalar turi, parvozi davomiyligi va maksimal balandligi haqidagi ma'lumotlarni keltirişmagan.

Oxirgi haftalar Şimoliy Koreya muntazam ravişda raketa sinovlarini amalga oşirmoqda.

11 avgustda Seulda Şimoliy Koreya ikkita raketa uçirgani ma'lum qilingan. Janubiy koreyalik harbiylarning fikriça, bu raketalar kiçik masofadagi ballistik raketalar bölgan.

10 avgustda AQŞ prezidenti Donald Tramp Şimoliy Koreya yetakçisidan maktub olganini, unda Kim Çen In “raketalarning uçirilişiga özi ham xursand emasligini” aytganini ma'lum qilgan. 

Uşbu maktubda avvalgi sinovlardan keyin ta'kidlanganidek, raketalarning uçirilişi Şimoliy Koreyaning AQŞ va Janubiy Koreyaning birgalikdagi harbiy maşğulotlariga javobi ekanligi aytilgan.