16 avgust kuni Özbekiston Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov Aşxobod şahrida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi örinbosari, Taşqi işlar vaziri Raşid Meredov bilan uçraşdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Taşqi işlar vazirliklari örtasidagi siyosiy maslahatlaşuvlar doirasida taşqi siyosat idoralari rahbarlari Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov örtasidagi muntazam aloqalar davomida erişilgan kelişuvlarni amaliy tatbiq etiş nuqtai nazaridan ikki tomonlama munosabatlarning holati va rivojlaniş istiqbollari muhokama qildi.
Vazirlar Özbekiston—Turkmaniston munosabatlarining, xalqaro va mintaqaviy siyosatning barça dolzarb masalalari böyiça ikki mamlakat mavqelari yaqinligi va mos kelişini mamnuniyat bilan qayd etdi. Özbekiston va Turkmaniston taşqi siyosatining ustuvor yönalişlari Markaziy Osiyoda tinçlik, xavfsizlik, barqaror rivojlaniş va farovonlikni ta'minlaş, mintaqaning savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy va ilmiy markazlardan biri sifatidagi tarixiy rolini tiklaş böyiça vazifalar atrofida jamlangani ta'kidlandi.
Taşqi siyosat idoralari rahbarlari Özbekiston Prezidentining Turkmanistonga bölajak taşrifiga tayyorgarlik jarayonini muhokama qildi.
Uçraşuvda mintaqalararo hamkorlikni faollaştiriş, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlaş, şu jumladan, töğridan-töğri Toşkent—Aşxobod havo yölini tiklaş, ikki mamlakatning viloyat markazlari örtasida avtobus qatnovini yölga qöyiş va fuqarolarning özaro taşriflari tartibini soddalaştiriş masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Maslahatlaşuvlar yakuniga köra vazirlar Özbekiston va Turkmaniston taşqi işlar vazirliklari örtasida 2020—2021 yillarga möljallangan Hamkorlik dasturini imzolandi.












