Qarağandaning Mayquduq tumanida sinov loyiha tariqasida "Maxsustrans IÇB" DUK yordami bilan Toşkentda qurilgan andoza asosida 20 ta maxsus çiqindi yiğiş maydonlari taşkil etildi. 

Uşbu maydonlar tösilgan, zarur kommunikatsiyalarga ulangan, yoritilgan bölib, unga maişiy, plastik va boşqa turdagi çiqindilarni yiğiş uçun bir neça qutilar joylaştirilgan. Bungaça Qarağandada konteynerlar bunday maxsus joylarda bölmagan.

Hajmi 750 litr bölgan çiqindi qutilari şakl va körinişi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Ularda jamlangan çiqindilarni maxsus yuk maşinalari belgilangan poligonga olib borib taşlaydi. Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarga köra, aholining maxsus çiqindi yiğiş maydonlariga könikiş jarayoni qiyin keçmoqda. Ba'zilar esa hali ham çiqindilarni köçalardagi alohida qutilarga taşlamoqda.

Qayd etiş joiz, Qarağandada çiqindilarni saralangan holda yiğiş tajribasi avvaldan yölga qöyilgan. U yerda aholi qoğoz, plastmassa va boşqa çiqindilarni ajratgan holda qutilarga taşlaydi. Qoğoz va plastmassa çiqindilari qayta işlaş uçun Moskvaga yuboriladi. Boşqa turdagi çiqindilar esa şahardan 15 km masofada joylaşgan çiqindi poligoniga olib boriladi.

“Maxsustrans IÇB” DUK öz navbatida, çiqindilarni birlamçi saralaş böyiça Qarağanda tajribasini örganmoqda va Yakkasaroy tumanida bu boradagi sinov loyihasini amalga oşiriş rejalaştirilgan.