19 avgust kuni yadroviy energiya departamenti boş direktori örinbosari Mixail Çudakov boşçiligidagi Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) delegatsiyasi Toşkentga keldi.
Özbekiston TIV matbuot xizmatining xabar berişiça, taşrif dasturidan Energetika vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi va «Özatom» agentligida muzokaralar ötkaziş örin olgan.
Bundan taşqari, Mixail Çudakov Rossiya milliy yadro tadqiqot institutining “Moskva injyenerlik-fizika instituti” (MYaTI MIFI) öqituvçi va talabalari bilan uçraşadi hamda atom energiyasi rivoji töğrisida ma'ruza qiladi. U şuningdek, Samarqand davlat universiteti va Özbekiston Atom texnologiyalari axborot markaziga taşrif buyuradi.












