Özbekistonning Rostov-Don şahridagi (Rossiya) Boş konsulxonasiga 2019 yilning 5 avgust kuni Krasnodar ölkasining Temryuk tumanida yöl-transport hodisasi natijasida 6 nafar Özbekiston fuqarosi jabrlangani töğrisida rasmiy xabar kelib tuşdi, deyiladi TIV saytida.

Vazirlik ma'lumotida aytilişiça, ikki kişi vafot etgan, ulardan birining şaxsi aniqlanmoqda. Jarohatlangan hamyurtlarimiz kasalxonaga joylaştirildi.

Boş konsulxona tomonidan mazkur vaziyat nazoratga olinib, konsullik-huquqiy va taşkiliy masalalarini hal qilişda yordam körsatiş uçun huquqni muhofaza qiliş organlari va tibbiyot muassasalari bilan doimiy aloqa örnatilgan.

Konsullik-huquqiy departament marhumning oila a'zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etgan hamda Rossiyaning Şimoliy Kavkaz federal okrugi (Doğiston Respublikasi, Inguşiya Respublikasi, Kabarda-Balkariya Respublikasi, Qoraçoy Çerkasiya Respublikasi, Stavropol ölkasi, Çeçeniston Respublikasi, Şimoliy Osetiya Respublikasi) va Janubiy federal okrugi (Adigeya Respublikasi, Astraxan oblasti, Qalmoq Respublikasi, Krasnodar ölkasi, Volgograd oblasti, Rostov oblasti) hududida bölib turgan Özbekiston fuqarolariga ular zarurat tuğilgan holatlarda Rostov-Don şahridagi mamlakat Boş konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilişlari mumkinligini eslatib ötgan: +7-863-285-50-57.