AQŞ prezidenti Donald Trampning Pensilvaniya ştatidagi Shell kompaniyasi neft-kimyo kombinati işçilari bilan uçraşuviga odamlar tahdidlar ostida borişga majburlandi. Bu haqda ştatning ikkinçi raqamli eng yirik şahri Pitsburgning Pitsburgh Post-Gazette naşri xabar berdi. 

Tramp bilan uçraşuv oldidan kombinat işçilariga şart qöyilgan: ular namoyişga bormasliklari mumkin bölgan, biroq bunday holatda ularning uçraşuvda yöqliklari pul tölanmaydigan ta'til sifatida qabul qilinib, ular qöşimça haqlardan mahrum qilinardilar.
 
Kasaba uyuşmalari yetakçilaridan birining aytişiça, işçilar uçraşuvga bormasalar barça ustama va safar pullari hisobga olinganda 700 dollarga yaqin pul yöqotişlari mumkin edi.

Şuningdek, işçilar uçun yöriqnomada “norozilik deb baholanadigan hayqiriqlar, çiqişlar yoki boşqa harakatlarga yöl qöyib bölmasligi” aytilgan. 
 
Trampning özi esa uçraşuvdan mamnun qolgan.
 
“Pensilvaniya ştatida energetika tarmoğining ajoyib işçilari, quruvçilar va mutaxassislar iştirokidagi ajoyib kun. Ular tufayli Amerika töxtovsiz işlamoqda va Amerika ular bilan faxrlanadi! Dunyoda heç kim sizlardan yaxşiroq işlamaydi!”, deb yozgan Tramp namoyişdan keyin.


 
Oq uy matbuot xizmati tomonidan e'lon qilingan lavhalarda uçraşuv ötgan zal liq töliq bölgani, işçilar Tramp nutqi vaqtida qarsakbozlik qilayotganlarini köriş mumkin bölgan.

Biroq uçraşuvdan reportaj olib borgan NBC telekompaniyasi muxbiri Şennon Petipisning tvitterda yozişiça, köplab işçilar uçraşuvda işçi kunlari davom etadigan vaqtdan köproq vaqt qolib ketganlaridan jahllari çiqqan.