«Soğlom avlod» stadionida bölib ötgan vodiy derbisi doimgidek «qiziqarli» voqealarga boy böldi. Superliganing 17-turi doirasidagi uçraşuv öyin sifati jihatidan yuqori saviyada böldi, deya ayta olmaymiz. Har ikki jamoa ham nursiz öyin namoyiş qildi.
Öyinning 52-daqiqasida Aziz Turğunboyev jarima nuqtasidan gol urib, «Navbahor»ga uç oçko va jamoasi muxlislariga bir olam quvonç baxş etgaç, stadion tribunalarida biroz tartibsiz holat yuzaga keldi.
Namanganlik muxlislarning tribunalardagi raqslari «Andijon» jamoasi işqibozlarining ehtiroslarini junbuşga keltirdi.
Natijada, mehmon muxlislar stadionga ham tuşib ketişdi. Ular özlariga tribunaning orqa tomonidan toş otilayotganini aytişgan. Andijon IIB xodimlari tartibsizlikni öz vaqtida bartaraf etdi. Heç kim jarohat olmadi.
Namanganlik muxlislardan iborat maşinalar kolonnasi viloyat çegarasigaça kuzatib qöyilganligi aytilmoqda.
Qayd etiş kerakki, bunday tartibsizliklar «Andijon» va «Navbahor» jamoalari örtasidagi öyinlar uçun odatiy hol.
Bundan uç oy oldin, Namanganda bölib ötgan derbida ham futbolçilar stadionni tark etayotgan paytda muxlislar turli narsalarni uloqtirgan, şuningdek, stadion taşqarisida ham tartibsizliklar bölgan edi.










