Amerikalik olimlar sayyoramiz boşqa sayyoralardan örganilganda qanday körinişi modelini namoyiş qilişdi.
Model bir neça yoruğlik yili masofasidagi boşqa sayyoralardan astronomlar teleskopga qaraşganda, sayyoramiz qanday körinişini körsatadi.

Kornell universiteti tadqiqotçilari NASA mutaxassislari tomonidan Deep Space Climate Observatory sun'iy yöldoşi yordamida olingan 10 mingga yaqin suratni 2016 va 2017 yillarda önta alohida olingan tölqinda qöllaşgan.
Bu usul ekzosayyoraning aniq suratini olişga imkon bermaydi, biroq unda okean, bulut va muz qalpoqlari, ya'ni yaşaş uçun şaroitlar bor-yöqligini bilişga imkon beradi.











