Meksikalik jurnalist, ufolog Xayme Maussan mamlakat parlamenti deputatlar palatasiga «özga sayyoraliklarga tegişli bölgan ikkita mumiyoni» taqdim etdi. Bu haqda Infobae gazetasi xabar berdi. 

Maussan sözlariga köra, mumiyolar Peruning Naska şahridan topilgan. Ular past böyli, boşi katta, oyoq-qöllari uç barmoqli, suyaklari yengil va mustahkam va tişsiz jonzot jasadiga öxşaş. Ufologning ta’kidlaşiça, ularning barmoq izlari odamlarnikiga öxşab yumaloq emas, balki töğri gorizontal çiziqlar şaklida. 

«Bu jonzotlar inson emas, ular Yer kurramiz vakillari emas. Meksika Milliy avtonom universiteti tomonidan ötkazilgan radiologiya tadqiqoti ularning yoşi ming yil ekanini körsatdi. Ulardagi DNK insonning genetik materialidan 30 foizga farq qiladi», dedi Maussan. 

Xayme Maussan Naska platosidan topilgan uç barmoqli özga sayyoraliklar haqida birinçi marta gapirayotgani yöq. 2015 va 2017 yillarda uning bayonotlari yolğon ekani foş bölgan edi: ekspertlarning fikriga köra, topilmalar qadimiy diniy marosimlar tufayli boş suyagi deformatsiyalangan bolalarning qoldiqlari bölib çiqdi.