Özga sayyoraliklar kemasi deb e’lon qilingan ilk fotolar

Yer sayyorasidan taşqarida ham jonli yoki ongli mavjudotlarning bor yoki yöqligi bahsli bölib kelgan. Buni haqiqat deb, hatto özga sayyoraliklar kemasi suratlarini e’lon qilgan ilk odam Şveytsariya fuqarosi Billi Meyyer edi.

Billi Meyyer e’lon qilgan surat

U özga sayyoraliklar bilan aloqada bölgani haqida 1970 yillarda aytib çiqqan. Billi özga sayyoraliklarni ilk marta 5 yoşida körganini ta’kidlagan.

Billi Meyyer 1976 yilda namoyiş qilgan suratlar 1979 yilda AQŞ Harbiy-havo kuçlari sobiq uçuvçisi Vendel Stivens kitobida va keyinçalik AQŞning “X-Files” ilmiy-fantastik dasturi reklamasida ham paydo böladi.

Tasvirlar xiralaşgan, suzib yurgan şakldagi metall doğlarga öxşaydi. Şuning uçun ham ufolog (noma’lum uçar jismlarni örganuvçi mutaxassis)lar bu rasmlarga skeptik ruhda qaraşadi. Hozirgaça fotolar haqiqiy yoki soxtaligi böyiça aniq xulosa berilmagan.

Billi Meyyer e’lon qilgan surat

Boşqa noma’lum jismlar

Koinot bepoyon, undagi jismlarning son-sanoği çeksiz. Ulardan ayrimlari teleskoplarga tuşib qolib, insoniyatning noma’lum jismlarni aniqlaşga bölgan qiziqişini uyğotib yuboradi. 2017 yil 19 oktyabrda kanadalik astrofizik Robert Verik Havaida joylaşgan Haleakala observatoriyasidagi teleskop orqali Yerdan 33 million kilometr uzoqlikda bölgan jism uçib ötganini aniqlaydi. Unga ʻOumuamua deb nom beriladi.

ʻOumuamua obekti

ʻOumuamua – uzunligi 100–1000 metr, kengligi 35–167 metr atrofidagi jism bölgan. 2019 yilning iyul oyida astronomlar ʻOumuamua tabiiy obekt bölişi mumkin degan xulosaga kelişdi. Ayrimlar esa, uning notaniş texnologiya mahsuli degan fikrni ilgari surgan. Ammo ikkinçi fikrni isbotlaş uçun yetarli dalil topilmagan. 2021 yilning martida “ʻOumuamua’ Plutonga öxşagan Quyoş tizimidan taşqaridagi sayyora bölişi mumkin” degan taxminiy xulosa berilgan.