Antiyadroviy çiqişlar ortida neft-gaz kompaniyalari turibdi. Toşkentda bölib turgan Xalqaro atom energiyasi agentligi boş direktori örinbosari Mixail Çudakov ana şunday bayonot berdi, deb xabar qildi Kun.uz muxbiri.

Özbekiston Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi institutiga taşrifidan söng jurnalistlar oldida çiqiş qilgan Çudakov «Çernobil» serialini tanqid qildi. Uning sözlariga köra, Çernobil fojiasi va Yaponiyadagi Fukusima AESi halokatining inson salomatligiga ta'siri «juda börttirib körsatilgan». Çudakovning ta'kidlaşiça, Yaponiyada radiatsiyadan heç kim ölmagan, ikki kişi sunami oqibatida halok bölgan.

«Çernobilda 28 kişi halok bölgan – tezkor tarkib va öt öçiruvçilar, yana bir neça ön kişining halok bölgani bahsli. Hollivudning Çernobil haqidagi filmida körsatilganidek minglab odamlar emas. Unda haqiqatga mos keladigan çiroyli manzaralar berilgan, ammo har doimgi antisovetça xulosa qilinganidek, yuz minglab kişilar jabrlangani aytilgan», – dedi Çudakov jurnalistlarga.

«Aslida, işonçim komilki, bu barça antiyadroviy çiqişlar ortida kelajaklarini atom energetikasi kömib taşlaşini yaxşi tuşunib turgan uglerod energiyasi manbalari turibdi. Şu bois butun dunyoda va Özbekistonda atom energetikasi ulkan istiqbolga ega ekanligiga işonaman», – dedi u.

Buyuk Britaniya va AQŞ hamkorligidagi «Çernobil» mini-seriali HBO kanali orqali may oyida namoyiş etilgandi. Serialda 1986 yil 26 aprelda sodir bölgan Çernobil AESi voqeasi va uning oqibatlari haqida hikoya qilinadi.