1986 yil 26 aprel kuni Çernobildagi atom elektrostansiyasi portlagan edi. Fojia köplab insonlarni mayib-majruh qildi. Radiatsiya ta’sirida minglab kişilar hayotdan köz yumdi. AES falokati natijasida 115 ming odam evakuatsiya qilingan. Fojia asoratlarini bartaraf etişda 526 mingdan ortiq kişi qatnaşgan. Ularning barçasi keyinçalik radiatsiya bilan zararlaniş oqibatida nogiron bölgan. Falokatdan eng köp jabrlanganlar öt öçiruvçilar bölgan. Qutqaruvçilar orasida köplab özbekistonliklar ham bor edi.

Farğonalik Ğaybullo Madatov ham fojia asoratlarini bartaraf qilişda iştirok etgan edi.

«Çimyon mexanika zavodida çilangar bölib işlaganman. 1986 yilning sentyabr oyida Çernobilga ketib, öşa yil dekabrida qaytib kelganmiz.

Bizni qayerga olib ketişayotganini avvaldan aytişmagan. Çernobilga borasizlar deb gapirilmagan. U yerga partizan bölib ketganmiz. Çernobilda garnizon içida joylaşgan maktabga joylaşganmiz. Kapati degan joyda çilangarlik qilganmiz. Lom, çangak uçun temir-tersaklar olib kelişardi. Şularni töğrilab falokat joyiga yetkazib berar edik. Iş jarayonida radiatsiya ta’sirini yaqqol sezganimiz uçun bizni u yerdan vaqtliroq çiqarib yuborişgan.

Uyga qaytişimizga oz qolganida bizni fojia joyiga olib borişgan. Bizni portlagan bloklar hududiga olib borişgan. Çernobilda yurganimizda bola-çaqani xayoldan ötkazganmiz. Safarga ketişimdan oldin 2 farzandim tuğilgandi.

Fojia joyida işlab keyinçalik vatanga qaytganimizda, hayotimiz qanday bölişini tinmay xayoldan ötkazar edik. Radiatsiyaning organizmga salbiy ta’siridan qörqqanmiz.

Çernobildan uyga qaytganimda ozib ketganman. Rangim dokadek oqarib ketgandi. Kelganimdan keyin otam meni töxtovsiz davolatgan. Radiatsiya ta’sirida tişlarim tökilib ketdi. Onda-sonda boşim sababsiz oğrib turadi. Oyoqlarim oğrib qoladi. Tizzam zirqirab oğriydi.

Odamlarning meva-çevalari qurib ketgan. Odamlar domlarda yaşamay qöygan. Böşatib ketvorgan. Mevalari turgan, lekin barglari tökilib ketgan daraxtlarni körganmiz. Arçalar sarğayib ketgan. Işga borib keladigan yölimizda bularning barçasiga guvoh bölar edik.