Rossiyaning Doğiston Respublikasi, Xasavyurt şahri markaziy şifoxonasining jarrohlari bir kunda ötkazilgan operatsiyalar soni böyiça Rossiya rekordini örnatişdi. Bu haqda RIA «Dagestan» xabar berdi. 

Yurak – qon tomirlari jarrohlari Xaçatur Kurginyan va Sobir Aydayev 8 soat içida varikoz kasalligiga çalingan 53 nafar bemorda jarrohlik amaliyotini ötkazişgan. Ularning barçasi muvaffaqiyatli çiqqan. 

Bemorlar orasida Doğiston Respublikasi aholisi bilan birga, qöşni Çeçeniston va Inguşetiya Respublikasidan kelganlar ham bölgan.

Jarrohlarning natijasi Rossiya rekordlar kitobi boş muharriri Stanislav Kotenko tomonidan qayd qilindi. U jarrohlik xonasida kuni bilan jarayonni kuzatib bordi. Yakunda jarrohlarga rekord qayd qilingani haqida sertifikat topşirildi.