2019 yil 1 iyuldan boşlab, tovar (işlar, xizmatlar)ni sotib oluvçilar QQS tölovçisi bölmagan yetkazib beruvçilarning hisobvaraq-fakturasida aks ettirilgan QQS summasini hisobga olişga haqli emaslar. Uşbu yangi tartibning amaldagi ijrosi xususida Davlat soliq qömitasi Kameral nazorat boşqarmasi boş inspektori Abdurasul Abdumajidov öz fikrlarini bildirdi, deb yozmoqda DSQ matbuot xizmati.
Mazkur tartib Özbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 26 dekabrdagi «Özbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy körsatkiçlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga budjet möljallari töğrisida»gi PQ-4086-sonli qarorining 10-bandida keltirib ötilgan.
Xususan, «2019 yil 1 iyuldan tovarlar (işlar, xizmatlar)ni sotib oluvçilar qöşilgan qiymat soliği tölovçilari hisoblanmaydigan yetkazib beruvçilardan olingan hisob-fakturalar böyiça qöşilgan qiymat soliğini hisobga oliş huquqiga ega emaslar».
Endilikda, tadbirkorlar öz kontragentlarining QQS tölovçisi sifatida röyxatdan ötganligiga va hisobvaraq-fakturani töğri rasmiylaştirganiga işonç hosil qilişi lozim.
Agarda işonç hosil qilinmagan taqdirda ikkala tadbirkorlik sub'yektlari ham şubha va tahlika zonasiga tuşib qoladilar.
Masalan, QQS tölovçisi bölmagan «A» korxona tomonidan QQS tölovçisi bölgan «B» korxonaga 100,0 mln. sömlik tovarlar (işlar, xizmatlar)ni realizatsiya qiliş jarayonida hisobvaraq-fakturada asossiz ravişda 20,0 mln. söm QQS ekanligi körsatilgan. Şunday qilib, «B» korxonaga yetkazib berilgan tovarning (işlar, xizmatlar) umumiy qiymati 120,0 mln. sömni taşkil qilgan.
Soliq kodeksining 118-moddasiga asosan yuqorida keltirilgan harakatlarni amalga oşirganligi uçun «A» korxonaga nisbatan noqonuniy ajratilgan QQS summasining 20 foizi miqdorida moliyaviy jarima qöllaniladi. Şunda korxona budjetga 4 mln. söm jarima va 20 mln. söm QQSni tölab berişi kerak.
Bunda «B» korxonaga nisbatan moliyaviy jarimalar qöllanilmaydi. Lekin joriy yil 1 iyuldan soliq qonunçiligiga kiritilgan özgarişlarga muvofiq, tovarlar (işlar, xizmatlar)ni sotib oluvçi «B» korxona qöşilgan qiymat soliği böyiça budjet bilan qayta hisob-kitobni amalga oşirişi şart. Ya'ni korxona qöşilgan qiymat soliğini hisobga oliş huquqiga ega emasligi sababli, avval hisobga olgan 20,0 mln. söm qöşilgan qiymat soliği summasini budjetga tölab berişga majbur böladi.












