Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish maqsadida 20 avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketdi.
Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, safar davomida Mo‘ynoq, Qonliko‘l, Qorao‘zak, Taxiatosh kabi tumanlar va Nukus shahridagi bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirish, sanoat korxonalari va fermer xo‘jaliklari faoliyati bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilib, yangi loyihalarni belgilash rejalashtirilgan.
Tashrif ikki kunga mo‘ljallangan, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
21:50 / 14.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri va xalqiga hamdardlik bildirdi
13:34 / 03.07.2026
Tbilisida O‘zbekiston elchixonasi ochiladi
12:25 / 03.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Gruziya qahramonlari yodgorligiga gulchambar qo‘ydi
22:03 / 02.07.2026