Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Paxtaçi tuman tibbiyot birlaşmasi yuqumli kasalliklar bölimining antisanitariya holati, bino ta'mirtalab ahvolga kelib qolgani hamda bu yerda bemorlarning davolanişi uçun yetarli şaroitlar mavjud emasligi haqida videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan Soğliqni saqlaş vazirligi va tegişli mutasaddilar iştirokida örganiş işlari olib borildi va quyidagilar aniqlandi.

Paxtaçi tuman tibbiyot birlaşmasining yuqumli kasalliklar bölimi binosi 2012 yilda investitsiya dasturi asosida qurilgan. Bino toza içimlik suvi, suv isitgiç qurilmalari yordamida issiq suv hamda kanalizatsiya tizimi bilan ta'minlangan. Içimlik suvi va kanalizatsiya quvurlari devor va pol qismidagi tuz miqdori hisobiga zanglagan. Hozirda uşbu quvurlardan suv sizib çiqişi natijasida binoning asosiy tayanç devorlari zaxlagan, suvoqlari köçib tuşmoqda. Şunga qaramasdan binoning devor suvoqlari, suv va kanalizatsiya tizimida bir neça bor joriy ta'mirlaş işlari olib borilgan.

Joriy yil boşida mazkur holatga oydinlik kiritiş maqsadida tegişli soha mutaxassislar iştirokida örganiş işlari olib borildi. Natijalarga köra, binoning poydevor qismi atrofini oçiş, uni zaxlaşdan himoyalaş böyiça takliflar berildi.

Jumladan, Paxtaçi tuman tibbiyot birlaşmasi tomonidan mavjud kamçiliklarni bartaraf etiş uçun binoni kapital ta'mirlaş hisobiga uning poydevor qismini yer osti suvidan himoyalaş, izolyatsiya qiliş, içimlik suvi tizimidagi barça quvurlarni almaştiriş, kanalizatsiya tizimini markaziy şifoxonaning markazlaşgan kanalizatsiya tizimiga ulaş, devorlarning köçib tuşayotgan suvoqlarini tuşiriş, ularni zaxdan himoya qiladigan maxsus vositalar bilan ta'minlaş böyiça yöl xaritasi işlab çiqildi. Uning ijrosini ta'minlaş maqsadida investitsiya dasturi doirasida 13,7 milliard söm mablağ sarflanişi belgilangan. Yaqin vaqt oraliğida mazkur binoni qaytadan ta'mirlaş işlari boşlab yuboriladi.

Şu örinda ta'kidlaş lozimki, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada mazkur binoning işlamay turgan qismi aks etgan. Tuman Davlat sanitariya va epidemiologiya nazorat markazi boş şifokori Ş.Boboyevaning xulosasiga köra, binoning hozirgi holati aholiga tibbiy xizmat körsatişda hamda şifoxona içi infeksiyalari yuqtirilişi va tarqatilişiga asos bölmaydi.