2020 yilning 16 sentabr kuni soat 7:00da Paxtaçi tumani “Yobu” mahallasi hududidan ötgan M-37 “Samarqand-Buxoro” avtomobil yölining 139-km.da yöl-transport hodisasi sodir böldi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.
Haydovçi, 26 yoşli I.R. boşqaruvida bölgan ISUZU rusumli yuk avtomaşinani Navoiy viloyati yönalişi böyiça boşqarib borib, old tomonidan harakatlanib ketayotgan haydovçi, 53 yoşli Ş.H. boşqaruvidagi Lasetti rusumli avtomaşinaning orqa tomonidan urib, yöl-transport hodisasi sodir qilgan.


Natijada, Lasetti avtomaşina yölovçisi, 70 yoşli H.X. tan jarohatlari olib hodisa joyida vafot etgan, avtomaşina yölovçilari, 68 yoşli H.U. (ayol) va 42 yoşli A.B. (ayol) turli darajada olgan tan jarohatlari bilan tibbiyot birlaşmasining jonlantiriş bölimiga yotqizilgan, ammo körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay H.U. vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Paxtaçi tuman IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar ölimiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda jinoyat işi böyiça Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi tomonidan tergov harakatlari ötkazilmoqda.












