Paxtaçidagi bolalar boğçasidan xöjalik mudiri oşpaz bilan til biriktirib, oşxonadan pişirilgan göşt öğirlab çiqqani va bu işni boğça mudirasining topşiriğiga köra amalga oşirgani haqidagi xabar köpçilikni ğazablantirdi.
Çunki dunyoda yetimlar va yoş gödaklarning haqini yeyişdan ham oğirroq gunoh ham, jinoyat ham bölmasa kerak. Ming taassuflar bölsinki, davlat maktabgaça ta'lim taşkilotlarining aksariyatida mana şunday illat hamon saqlanib turibdi.
Paxtaçidagi holat videotasvir bilan isbotlandi, holat yuzasidan jinoyat işi qözğatildi. Ammo men aniq işonamanki, Özbekistonning har bir burçagidagi davlat MTTlarda taşmaçilik, öğrilik va bolalar haqiga xiyonat ehtimoli saqlanib turaveradi.
Nega işlar qölga tuşmagan öğri emas, qabilida davom etmoqda?
Birinçi va boş sabab — davlat tomonidan boğça tarbiyaçilari va boşqa xodimlariga berilayotgan maoş juda oz. Unga rözğor tebratib bölmaydi. Natijada taşmaçilik, bolalar haqiga xiyonat avj oladi.
Boğçada yetarliça ovqatlanmaslik oqibatida bolalar kamqon, nimjon bölib voyaga yetişadi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan yoş avlodni bolalar boğçasidan boşlab tarbiyalaşga katta e'tibor qaratila boşlandi. Maktabgaça ta'lim tizimi butkul isloh qilindi. Alohida vazirlik tuzildi. Bu orada köplab boğçalar ta'mirlandi. Uy boğçalari oçişga ruxsat berildi. Davlat tomonidan 1 foizlik imtiyozli kreditlar ajratildi. Bu işlar natijasida sönggi yillarda yurtimizda maktabgaça yoşdagi bolalarning MTTlarga qamrov darajasi ham keskin oşdi.
Eng taassuflisi, joylarda bu islohotlarni tuşunmasdan, mohiyatini anglamasdan, boriga qanoat qilmasdan, eskiça fikrlab, işlayotganlar uçramoqda.
Nega boğçalarda autsorsing xizmati rivojlanmayapti?














