Özbekiston Respublikasi Boş vaziri Abdulla Aripov amaliy taşrif bilan Namangan viloyatiga bordi.

Hukumat rahbari mazkur viloyatdagi safari davomida prezident Şavkat Mirziyoyevning Namanganga taşrifi çoğida belgilab berilgan dolzarb vazifalar ijrosini ta'minlaş borasida olib borilayotgan işlar bilan yaqindan tanişdi.

Jurnalist Oqilxon Dadaboyevning Kun.uz’ga xabar berişiça, boş vazir davlat rahbarining taşrifida belgilangan muhim topşiriqlar, istiqbolli loyihalarni hayotga izçillik bilan tatbiq etiş yuzasidan Namangan şahrida amalga oşirilayotgan işlarning borişidan qoniqiş hosil qilgan. 

Boş vazir hududlar infratuzilmasini rivojlantiriş, aholi farovonligi va bandligini oşiriş, tadbirkorlikni yanada quloç yozişga qaratilgan xayrli işlarni jadallaştiriş böyiça tegişli topşiriqlarni bergan.

Ma'lumot örnida, quriliş va bunyodkorlik maydoniga aylangan Namangan şahrida ayni kunlarda Markaziy Osiyoda yagona bölgan ulkan turistik maskan – «Afsonalar vodiysi» xiyoboni, «Yuksaliş» mavzesi, Navoiy va «Hamroh» köçalarida ehtiyojmand oilalar uçun bir qator köp kvartirali turar-joy binolari, «Paxtaliköl», «Daştboğ», «Maşad» kabi kiçik erkin iqtisodiy zonalar barpo etiş işlari izçil olib borilmoqda.

Yaqin orada esa viloyat markazida taniqli milliarder Alişer Usmonovning kömagi bilan kongress zaliga ega, dunyo talablariga javob beradigan 18 qavatli biznes markazini quriş işlari boşlanadi.