2019 yilning 17 iyul kuni Çilonzor tumanida joylaşgan oliy ta'lim muassasalarining birining talabasi hisoblangan 25 yoşli B.O. 29 yoşli S.A.ga özini “jinoyat qidiruv xodimi” deb taniştirgan.
IIBB xabariga köra, şundan söng, u fuqaroni öğirlangan buyumlarni sotib olganlikda ayblab, sodir etgan jinoyati uçun köz yumişini va jinoiy javobgarlikka tortmasligi uçun 100 AQŞ dollarini söragan. B.O. Çilonzor tumani Muqimiy köçasida talab qilingan pulni oliş vaqtida qölga olindi.
Uşbu fakt böyiça Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoiy iş qözğatildi.












