O‘zbekiston | 13:01 / 21.08.2019
17051
2 daqiqa o‘qiladi

Maktablarga yangi o‘quv yili uchun sinf jurnallari va boshqa hujjatlarni yetkazish boshlandi

Foto: Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan yangi 2019-2020 o‘quv yili uchun umumiy o‘rta ta'lim maktablariga sinf jurnallari va boshqa hujjatlarni yetkazib berish ishlari boshlandi. Bu haqda XTV xabarida ma'lum qilindi.

Qayd etilishicha, vazirlik tomonidan maktablarga jami 247 372 dona sinf jurnallari yetkazib beriladi. Jumladan, ta'lim muassasalariga 1-4-sinflar uchun 99 440 dona, 5-9-sinflar uchun 108 840 dona, 10-11-sinflar uchun 39 092 dona sinf jurnallari yetkazib berilmoqda.

Bundan tashqari, maktablarga baholar tabeli, to‘garak mashg‘ulotlari jurnali kabi boshqa hujjatlar ham yetkaziladi.

Yangi o‘quv yilining boshidan (4 sentyabrdan) barcha umumiy o‘rta ta'lim maktablari o‘quv jarayonida foydalanish uchun sinf jurnallari bilan to‘liq ta'minlanadi, deyiladi ma'lumotda.

Ta'kidlanishicha, joriy yilda sinf jurnallarini tayyorlash jarayonida ularni dizayn va sifat jihatidan zamon talablariga javob berishi, o‘qituvchilar uchun qulaylik yaratishiga alohida e'tibor qaratilgan.

Mavzuga oid